Ko‘p fazali tizimlarda molekulyar va to‘lqinli jarayonlar laboratoriyasi
“Ko‘p fazali tizimlar issiqlik fizikasi” nomli laboratoriya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-fevraldagi PQ-2789-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi faoliyatini, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi U.A. Arifov nomidagi Ion-plazma va lazer texnologiyalari institutida tashkil etilgan.Laboratoriya rahbari etib fizika-matematika fanlari doktori, professor Mirzayev Sirojiddin Zayniyevich tayinlangan.
Laboratoriya tashkil etilgan ilk kunlardanoq O‘zbekiston Respublikasida molekulyar fizika, issiqlik fizikasi hamda fizik akustika sohalaridagi ilmiy tadqiqotlar markazi va ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlash maskaniga aylandi.Laboratoriyada kristall va suyuq ko‘p fazali tizimlarni tadqiq etishda issiqlik-fizik, reologik hamda akustik texnologiyalar va usullardan keng foydalaniladi. Laboratoriya faoliyatining rivojlanishi jarayonida zamonaviy ultratovush va akustooptik tadqiqot metodlari ham joriy etildi.
2 Laboratoriyaning ilmiy tadqiqot yo‘nalishlari:
- Molekulyar fizika va issiqlik fizikasi
- Fizik akustika va akustooptika
- Kondensirlangan holat fizikasi
- Suyuqlik–nanozarrachalar ko‘p fazali tizimlarida ko‘chish hodisalari
- Dielektrik kristallarning elastik va fotoelastik xossalaridagi fazoviy dispersiyani kompyuter modellashtirish
- Nanosuyuqlik polielektrolitlar asosidagi yangi ko‘p komponentli materiallarni yaratish.
3. Tadqiqotlarning asosiy natijalari
Fundamental tadqiqotlar:
- Suyuqlik tizimlarida kritik nuqta yaqinida molekulyar assotsiatsiyalarning hosil bo‘lishi va parchalanishi relaksatsiya vaqtining sezilarli darajada sekinlashuvi ilk bor aniqlangan.
- LaF₃ superion kristallari panjarasidagi zarrachalarning kollektiv o‘zaro ta’siri fizik modeli ishlab chiqilgan hamda ushbu kristallarda ftor ionlarining ko‘chishini tavsiflovchi energetik parametrlar aniqlangan.
Amaliy tadqiqotlar:
- Vermikulitli g‘ovak tizimlarda materialning shishishi jarayonida g‘ovaklikning vaqt bo‘yicha evolyutsiyasini tavsiflovchi sifat modeli ishlab chiqilgan.
- Ko‘p fazali tamponaj, burg‘ulash va bog‘lovchi eritmalarning, shuningdek geliotizimlar uchun past haroratli issiqlik tashuvchining texnik namunalari yaratilgan. Ishlab chiqilgan barcha eritmalar uchun patentlar olingan.
Innovatsion tadqiqotlar:
- Beton, temir-beton va penobeton mahsulotlarini quyishda qoliplar uchun moylovchi pasta ishlab chiqilgan. Ushbu mahsulot mahalliy xomashyodan foydalanish hamda tarkibiy komponentlar sarfini kamaytirish hisobiga mahsulot tannarxini pasaytiruvchi import o‘rnini bosuvchi mahsulot hisoblanadi. Davlat ekologik ekspertizasi xulosasi asosida muvofiqlik sertifikati olingan.
- 4. Infratuzilma va resurslar
Asosiy eksperimental qurilmalar va jihozlar.
- Kristallar va suyuqliklarda akustik to‘lqinlarning xususiyatlarini 1 MHz dan 1000 MHz gacha bo‘lgan chastota diapazonida o‘lchashga mo‘ljallangan akustik qurilmalar;
- Koaksial silindrlar usuli asosida suyuq muhitlarning issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsiyentini aniqlash uchun o‘lchov tizimi;
- Majburiy oqim sharoitida qizdirilgan suyuq muhitlarning issiqlik uzatish koeffitsiyentini aniqlashga mo‘ljallangan o‘lchov qurilmasi.
- Nobarqaror issiqlik rejimida qattiq, suyuq va sochiluvchan muhitlarning issiqlik o‘tkazuvchanligini tezkor aniqlovchi ekspress-analizator;
- Kristallar va suyuqliklarning elastik hamda fotoelastik xossalarini aniqlash uchun akustooptik o‘lchov qurilmasi.
Nanozarrachalar traektoriyasini tahlil qilish tizimi (NanoSight LM10);
Nanozarralarning gidrodinamik diametri (10 nm – 1000 nm), diffuziya koeffitsiyenti va nanozarralarning suyuqliklarda konsentratsiyasini aniqlash uchun laboratoriya tizimi.
Namunalar miqdori: 1 ml
NanoSight LM10 to‘lqin uzunligi 405 nm va 632 nm bo‘lgan uzluksiz lazer nurlanish manbalari, yuqori sezgirlikka ega kamera, mikroskop, shpritsli nasos va termostatdan tashkil topgan.
Rotatsion reometr (Rheostress RS600)
Bu rotatsion reometr bo‘lib, suyuqliklar va yumshoq materiallarning reologik xossalarini o‘lchash uchun ishlatiladi. U ayniqsa nanosuyuqliklar, polimerlar, emulsiyalar, suspenziyalar, gel va pastalarning dinamik qovushqoqligini aniqlashda keng qo‘llaniladi.
- Aylanish tezligi (CR mode): 0.012–3000 min⁻¹
- Aylanish tezligi (CS mode): 10⁻⁷–3000 min⁻¹
- Moment (Torque): 5×10⁻⁷–0.2 Nm
- Tebranish chastotasi (Oscillation frequency): 10⁻⁴–100 Hz
- Normal kuch (Normal force): 0.01–30 N
Issiqlik o‘tkazuvchanligini o‘lchash uchun qurilma (SKZ1061C TPS)
Bu materiallarning issiqlik o‘tkazuvchanligini 0.005–300 W/(m·K) diapazonda o‘lchash uchun mo‘ljallangan qurilma bo‘lib, u asosan Transient Plane Source (TPS) yoki Hot Disk metodiga asoslangan.
- Issiqlik o‘tkazuvchanlik diapazoni: 0.005–300 W/(m·K)
- Namuna harorati: xona harorati – 130 °C
- O‘lchash vaqti: 5–160 s
- Sensor diametri: 15 mm / 7.5 mm
5.Nashrlar
- Akhmedzhanov F.R, Abdirakhmonov U.Sh. «Anisotropy of elastic and photoelastic properties of lithium niobate crystals» // The Journal of the Acoustical Society of America, Vol. 151, Issue 4, pp. A 73, 2022. https://doi.org/10.1121/10.0011311
- F.R, Kurbanov J.O. «Attenuation of acoustic waves and Grüneisen tensor in lithium fluoride crystals» // The Journal of the Acoustical Society of America , IF 1.84 , Vol. 151, Issue 4, pp. A 273, 2022. https://doi.org/10.1121/10.0011312
- Akhmedzhanov F.R., Kurbanov J. O., Mirzaev S.Z. «Effective Grüneisen constant in sodium fluoride crystals» // The Journal of the Acoustical Society of America, IF 1.84, Vol. 152, Issue 4, pp. 262, 2022. https://doi.org/10.1121/10.0016210
- Payzullaev, A. N., Allaev, B. A., Mirzaev, S. Z., Abdiev, J. M., Urinov, J., Parkash, A. The impact of silicon dioxide nanoparticle size on the viscosity and stability of nanofluids: a comprehensive study // ECS Advances, 2(3), 031001, 2023. https://doi.org/10.1149/2754-2734/ace121
- Yokubov, K. Egamberdiev, B. Allaev, O. Trunilina, S. Telyaev, M. Gafurova. Silica nanoparticles hydrosol for concrete strength increase by adding to mixing water // Journal of Chemical Technology and Metallurgy, 58(5), 932–936, 2023.
- Abdurakhmanov B.M., Adilov M.M., Trunilina O.V., Kharchenko V. Granulated Silicon and Thermal Energy Converters on Its Basis // Springer, 2023. https://doi.org/10.1007/978-3-031-26496-2_12
- Akhmedzhanov F.R., Elboeva M.I., Mirzaev S.Z. «Exploring anisotropy of acousto-optic interaction in lead molybdate crystals» // Ultrasonics, 137, 107203, 2024. https://doi.org/10.1016/j.ultras.2023.107203
- Akhmedzhanov F.R., Makharov N.M., Lomonosov A.M., Temnov V.V. «Anisotropic attenuation of GHz-frequency acoustic phonons and the Grüneisen tensor in MgO crystal» // Applied Physics Letters, 124, 152204, 2024. https://doi.org/10.1063/5.0189944
- Ахмеджанов Ф.Р., Тугалов Ф.Б., Курбанов Ж.О. «Анизотропия затухания акустических волн в кристаллах NaClxBr1-x» // RENSIT, 16(7), 845–850, 2024. https://doi.org/10.17725/rensit.16.845
- Ахмеджанов Ф.Р., Мирзаев С.З., Мустафаев Т.Ш. «Акустические свойства кристаллов галосиликата лантана» // RENSIT, 16(7), 851–856, 2024. https://doi.org/10.17725/rensit.16.851
- Mustafayev T., Akhmedjanov F., Abdiev J., Khasanov Sh. «An Exploration of Anisotropic Acoustic Wave Attenuation in Quartz Crystals» // Brazilian Journal of Physics, 55(1), 2025. https://doi.org/10.1007/s13538-024-01638-0
- Akhmedzhanov F.R., Elboyeva M.I. «Bragg Light Diffraction by Piezoactive Acoustic Waves in Bismuth Germanate and Bismuth Silicate Crystals» // RENSIT, 17(1), 77–82, 2025. https://doi.org/10.17725/j.rensit.2025.17.077
- Akhmedzhanov F.R., Mirzaev S.Z., Toshpulatov I.Sh. «Anisotropy of Acoustic Wave Characteristics in Gallium Arsenide Crystals» // RENSIT, 17(2), 155–160, 2025. https://doi.org/10.17725/j.rensit.2025.17.155
- Ахмеджанов Ф.Р., Авдиевич В.Н., Махаров Н.М. «Анизотропия акустических свойств и параметра Грюнайзена в кубических кристаллах» // RENSIT, 17(6), 649–654, 2025. https://doi.org/10.17725/rensit.2025.17.649
- Payzullaev, S. Mirzaev, M. Gafurova, Sh. Nurmatov, B. Allaev. Effect of silica nanoparticles on water evaporation process // Journal of Chemical Technology and Metallurgy, 60(4), 625–630, 2025. https://doi.org/10.59957/jctm.v60.i4.2025.10
- Husanova D., Egamberdiev K., Safarov F. et al. Atomic-scale mechanisms controlling early aggregation of silica nanoparticles // J. Phys. Chem. C, 2025.
- Gulamova D.D. et al. Properties of heterophase Bi/Pb ceramics synthesized using solar energy // Applied Solar Energy, 61(6), 739–747, 2025.
- F.R. Akhmedzhanov, F.B. Tugalov. Energy Flux Deviation and Acoustic Attenuation Anisotropy in NaCl1−xBrx Crystals // Physics of Wave Phenomena, 34(1), 70–74, 2026. https://doi.org/10.3103/S1541308X25700426
- R. Akhmedzhanov, I.Sh. Toshpulatov. Velocity and Attenuation of Acoustic Waves in Y3Al5O12 Crystals at High Temperatures // Physics of Wave Phenomena, 34(2), 145–149, 2026. https://doi.org/10.3103/S1541308X26700032
- F.R. Akhmedzhanov, U.Sh. Abdirahmonov, J.O. Kurbanov. Anisotropy of acoustic and acousto-optic properties in lithium niobate crystals // RENSIT, 18(1), 3–8, 2026. https://doi.org/10/17725/rensit.2026.18.003
- F.R. Akhmedzhanov, S.Z. Mirzaev, G.S. Nuzhdov. Fluoride Ion Displacement Under Dynamic Deformation in LaF3 Crystals // Journal of Applied Spectroscopy, 2026, 1–6.
- Laboratoriyada amalga oshirilgan ilmiy loyihalar
МУ-Ф3--2017101937. “Akustik spektroskopiya va yorug‘likning dinamik sochilishi yordamida nanosuyuqliklarda kimyoviy relaksatsion jarayonlarni tadqiq qilish” (2018-2019)
ФА-Атех -2018-44. “Eritma aralashishini faollashtirish orqali yuqori mustahkamlikka ega beton tarkibini yaratish uchun kompleks qo‘shimchalar texnologiyasini optimallashtirish”(2018-2020).
OT-Ф2-56. “Nodir yer elementlari LnF₃ (Ln = La, Ce, Pr) superion trifloridlarida ichki harakat va issiqlik uzatilishining to‘lqin ko‘rinishi” (2017-2020).
OT-Ф2-42. “Nanosuyuqliklarda ko‘chish jarayonlari va fazaviy o‘tishlar”(2017-2020).
- Patentlar, o‘quv qo‘llanmalar va monografiyalar
- Патент Руз на изобретение № IAP 05688 Паста смазочная для форм / Мирзаев С.З., Трунилина О.В., Аллаев Б.А. // Расмий Ахборотнома. – 2018. – №11. – С. 41
- Патент Руз на изобретение № IAP 06675 Способ активации воды затворения бетонно-цементной смеси / Мирзаев С.З., Ёкубов У.А., Трунилина О.В., Аллаев Б.А. // Расмий Ахборотнома. – 2022. – №1. – С.51
- Ахмеджанов Ф.Р. «Распространение акустических волн и акустооптическое взаимодействие в диэлектрических и сегнетоэлектрических кристаллах» // Монография. Изд-во: «Info Capital Books», Ташкент, Узбекистан, 2024, 184 стр.
- 9. Hamkorlik
Laboratoriya xodimlari ilmiy tadqiqotlarni quyidagi xorijiy institutlar, universitetlar va ilmiy markazlar bilan yaqin hamkorlikda amalga oshiradi:
- Helmut-Shmidt universiteti huzuridagi Termodinamika instituti (Germaniya) — suyuqliklarning akustik xossalarini tadqiq etish;
- Gyottingen universiteti (Germaniya) — nanosuyuqliklarni o‘rganish;
- Merilend universiteti (AQSh) — fazaviy o‘tishlar va kritik hodisalarni tadqiq etish;
- Belarus Fanlar akademiyasining Issiqlik va massa almashinuvi instituti hamda Nanofizika va nanotexnologiyalar instituti — nanomateriallarning issiqlik-fizik xossalarini o‘rganish;
- Sankt-Peterburg davlat universiteti (Rossiya) — qattiq elektrolitlarda fazaviy o‘tishlarni tadqiq etish;
- Nils Bor instituti, Kopengagen (Daniya) — suyuq muhitlarning issiqlik sig‘imini o‘rganish;
- Genuya universiteti (Italiya) — supramolekulyar tuzilmalarni tadqiq etish.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot institutlari va oliy ta’lim muassasalari kafedralari bilan ham yaqin ilmiy hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan:
- O‘zR FA Yadro fizikasi instituti
- O‘zR FA Fizika-texnika instituti
- O‘zR FA Materialshunoslik instituti
- Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti
- Toshkent kimyo-texnologiya instituti
- Samarqand davlat universiteti
- 10. Tadbirlar va vebinarlar. Konferensiyalarda ishtirok
- Rejalashtirilgan tadbirlar
- O‘tkazilgan tadbirlar va arxiv materiallari