Laboratoriya mudiri
Shaymardonov Zafar Shapaatovich
Fizika-matematika fanlari bo'yicha falasafa doktori (РhD)
e-mail: zshaymardanov@mail.ru
- Missiya va strategik maqsadlar: Nima uchun bu laboratoriya tashkil etilgani (muammolar va yechimlar).
- Metodologiya: Qanday texnologiyalardan foydalanilishi
- “Nanotarkibiy materiallarda optik va elektron jarayonlar” laboratoriyasi 2017-yilda Ion-plazma va lazer texnologiyalari institutida koʼp funktsiyali nano va kvant oʼlchamdagi metall, modifikatsiyalangan metall oksidi, metall organik karkaslarining turli strukturalarini sintez qilish texnoligiyalarini rivojlantirish sohasida yuqori ilmiy salohiyatga ega raqobatbardosh tadqiqot guruhini shakllantirish maqsadida tashkil etilgan;
- Nano va kvant oʼlchamdagi metall, modifikatsiyalangan metall oksidi, metall organik karkaslarining turli strukturalarini gidrotermal va kimyoviy cho’ktirish va boshqa usullarda sintez qilish texnoligiyalari optimallashtiriladi, shuningdek, ularning strukturaviy, fotokatalitik, optik va elektron xossallari tadqiq qilinadi;
Asosiy ilmiy natijalar
Laboratoriyada nanoo‘lchamli qurilmalar uchun istiqbolli material sifatida qaralayotgan rux oksidi (ZnO) nanostrukturalarini past haroratli usullarda sintez qilishga katta e'tibor qaratilgan. Tadqiqotlarda turli tagliklarda ZnO ning nanokristallari, nanorodlari va yupqa plyonkalarini sintez qilish texnologiyalari ishlab chiqilgan. Laboratoriya xodimlari keyingi yillarda past haroratli usullar yordamida metall va metall oksidlarining turli o‘lcham va shakldagi nanomateriallarini sintez qilish texnologiyalarini ishlab chiqishdi. Xususan, kimyoviy cho‘ktirish va gidrotermal usullarda noyob optik va elektron xususiyatlarga ega bo‘lgan rux oksidi, titan oksidi, magniy oksidi va mis oksidi nanomateriallari muvaffaqiyatli sintez qilindi, hamda ularning morfologik, strukturaviy, fotokatalitik va optik xossalari tadqiq qilindi.
Birinchi marta katta quvvatli (λ=337 nm, τ ~6 ns, P = 15 kVt) nanosekund davomiylikdagi impulsli ultrabinafsha N2-lazer nuri ta'sirida ZnO nanorodlarida paydo bo‘luvchi spontan nurlanishning kuchayishi kuzatildi. Uyg‘otuvchi nur quvvat zichligi ortishi natijasida nurlanish polosasi yarimkengligining 15 nm dan 4.1 nm gacha kamayishi bilan nurlanish impulsi davomiyligining 5.9 ns dan 2.72 ns gacha qisqarishi bir vaqtda sodir bo‘lishi aniqlandi.
ZnO nanostrukturalarining fotokatalitik xossalari nanomateriallarda kuzatiladigan xususiy nuqsonlarning tibiatiga bog‘liqligi, kristallografik nuqsonlar kontsentratsiyasining oshishi va sirtiy nuqsonlarning paydo bo‘lishi organik bo‘yoq eritmalarining parchalanish tezligini 3 martagacha ortishiga sabab bo‘lishi aniqlandi.
- Ilmiy yo’nalishlar (Research Areas)
- Nano va kvant oʼlchamdagi metall, modifikatsiyalangan metall oksidi (rux oksidi, magniy oksidi, titan oksidi, mis oksidi), metall organik karkaslarining nano va kvant o‘lchamli strukturalarini sintez qilish hamda ular asosida gibrid geterostrukturalar yaratish;
- Nanomateriallar va foton kristallarining lazerli lyuminestsent spektroskopiyasi;
- Nanostrukturali materialarning fotokatalitik xususiyatlari;
- Kremniy karbidi va metall oksidlarida sirt elektron hodisalari;
- Nanostrukturali materialarning elektron mikroskopiyasi.
- Infratuzilma va Resurslar (Facilities)
Laboratoriya xodimlari tomonidan MDR-23 monoxromatori asosida kompleksli eksperimental qurilma yig‘ilgan b’lib, turli xil namunalar lyuminestsentsiyasining spektral-kinetik xossalarini tadqiq etishga mo’ljallangan. Eksperimental qurilma namunalarning fotolyuminestsentsiya spektrlarini qayd qilishda impulsli ultrabinafsha N2 -lazeri ((LGN-505), l=337 nm, t~6 ns, P~15 kVt, chastotasi 5-1000 Gts) va uzluksiz rejimda nurlanish beruvchi Ar+-lazeridan (457.9, 476.5, 488, 496.5 va 514.5 nm, 5 Vt) uyg‘otuvchi manba sifatida foydalaniladi. Qurilma impulsni strob integrallash orqali ishlaydigan BCI-280 bokskarintegratori o‘z ichiga oladi, hamda fotolyuminestsentsiya spektrlarini qayd qiladi va ma'lumotlarni qayta ishlaydi.
Impulsli va uzluksiz nurlanishlar ta'sirida uyg‘otiladigan fotolyuminestsentsiya spektrlarini strob integrallash va sinxron ditektorlash usulida qayd qiluvchi eksperimental qurilmalarning tasviri.
Laboratoriyada nanostrukturali materiallar, suyuq va qattiq fazadagi turli materiallarning fotolyuminestsentsiya, absorbtsiya, nur o‘tkazish va qaytarish spektrlarini tadqiq qilishdatezkor qayd qilish imkoniga ega zamonaviy spektrofotometrlar (UV/Vis 5100 (200-1100 nm), Ocean Optics HR2 UV-VIS High Resolution Spectrometer (190-1100 nm) va Aurora 4000 (190-1100 nm)) mavjud.
UV/Vis 5100 (200- 1100 nm), Ocean Optics HR2 UV-VIS (190-1100 nm) va Aurora 4000 (190- 1100 nm) spektrofotometrlari.
- Nazorat- o‘lchov qurilmalari
Laboratoriyada nanstrukturali materiallarni sintez qilishda turli zamonaviy suyuqlik va eritmalarning elektr o‘tkazuvchanligi va ularning pH ko‘rsatkichlarini yuqori aniqlikda o‘lchash imkoniyatiga ega o‘lchov asboblari, ultratovushli tozalash moslamalari, yuqori aniqlikka ega elektron tarozilar, turli eritmalarni tayyorlash qattiq fazadagi namunalarga termik ishlov berish imkoniyatiga ega elektrik pechlar, suyuqliklardan nanomateriallarni ajratib olish imkoniyatiga ega sentrafuga, turli optik mikroskoplar va boshqalarda foydalaniladi.
- Loyihalar va Nashrlar (Projects & Publications)
- 2025-2027 O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi “O’zbekiston-Belarus” qo’shma fundamental tadqiqotlar dasturi loyihasi. FL-8824063381-R1, Bo‘yoqlar va nanozarrachalar bilan faollashtirilgan metalloorganik komplekslarning strukturaviy, optik va generatsion xarakteristikalarini tadqiq qilish.
- 2025-2027 yy. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining amaliy tadqiqotlar dasturi loyihasi. AL-9224104307, “Foton” OAJ ning mahalliy materiallari va butlovchi qismlaridan foydalangan holda havo va gazlar uchun Trichel-elektr razryadli filtrini yaratish.
- G. Atabaev, M.V. Dolgopolov, Kh.N. Juraev, A.S. Chipura, V.I. Chepurnov, R. Jalolov, O. Turgunov, S.A. Radzhapov, Z.Sh. Shaymardanov, Sh.Z. Urolov. Photoluminescence, stacking faults, and carrier transport in n-type 3C-SiC/Si (100) structures grown by endotaxial HT-CVD, Micro and Nanostructures, Volume 216, August 2026, 208735. https://doi.org/10.1016/j.micrna.2026.208735
- R. Jalolov, B. N. Rustamova. Defect formation in hydrothermally grown ZnO and S-doped ZnO nanostructures, Ceramics International, vol 51, issue 24, part A, October 2025, Pages 40833-40840. https://doi.org/10.1016/j.ceramint.2025.06.308
- Bakhtiyar Gafurovich Atabaev, Viktor Ivanovich Chepurnov, Nikolay Yuryevich Arutyunov, Mikhail Vyacheslavovich Dolgopolov, Khimmatali Nomozovich Juraev, Sali Ashirovich Radzhapov, Rapid 3D Defect Mapping in SiC Betavoltaics via Positron Annihilation Tomograph, Physica status solidi (RRL) – Rapid Research Letters: Volume 20, Issue 1, January 2026. https://doi.org/10.1002/pssr.202500356Digital Object Identifier (DOI)
- Atabaev B.G., Juraev Kh.N., Shaymardanov Z.Sh., Jalolov R.R., Urolov Sh.Z. Photoluminescence Spectra of Stacking Defects in 4H-SiC Crystals. Journal of Applied Spectroscopy, Vol. 92, No. 5, November, 2025. (In Russ.) https://zhps.ejournal.by/jour/article/view/1782/0
- G. Atabaev. Method for cleaning the surface of silicon wafers. IAP 20220622, 04.03.2025.
- R. Jalolov, B.N. Rustamova, Sh. Z. Urolov, Z. Sh. Shaymardanov, High-temperature photoluminescence properties of various defects in hydrothermally grown ZnO microrods, Physica B: Condensed Matter, Volume 675, 15 February 2024, 415613. https://doi.org/10.1016/j.physb.2023.415613
- Amugul Esbergenova, Mirabbos Hojamberdiev, Zukhra C. Kadirova, Yuichi Sugai, Shavkat Mamatkulov, Rivojiddin Jalolov, Debin Kong, Xin Qin, Shahlo S. Daminova, Olim Ruzimuradov, Ulugbek Shaislamov, Interlinking the Fe doping concentration, optoelectronic properties, and photocatalytic performance of ZnO nanostructures, Current Applied Physics, Vol. 67, November 2024, Pages 18-29. https://doi.org/10.1016/j.cap.2024.07.009
- Amugul Esbergenova, Mirabbos Hojamberdiev, Shavkat Mamatkulov, Rivojiddin Jalolov, Debin Kong, Olim Ruzimuradov and Ulugbek Shaislamov, Correlating Cu dopant concentration, optoelectronic properties, and photocatalytic activity of ZnO nanostructures: experimental and theoretical insights, Published 9 September 2024 Nanotechnology, Volume 35, Number 48. DOI:10.1088/1361-6528/ad750b
- Sh. Shaymardanov, B. N. Rustamova, R.R. Jalolov, Sh. Z. Urolov, Influence of the nature of defects in ZnO nanocrystals synthesized by chemical bath deposition on photocatalytic activity, Physica B: Physics of Condensed Matter. 2023. Vol.648 (IF = 2.988) https://doi.org/10.1016/j.physb.2022.414444
- R. Jalolov, Sh.Z. Urolov, Z.Sh. Shaymardanov S.S. Kurbanov B.N. Rustamova. “Complex features of the photoluminescence from ZnO nanorods grown by vapor-phase transport method”. Materials Science in Semiconductor Processing 128 (2021) 105783. https://doi.org/10.1016/j.mssp.2021.105783
- S. Kurbanov, Z.Sh Shaymardanov, Sh.Z. Urolov a, R.R. Jalolov, T.W. Kang, Spectral narrowing and pulse shortening of an amplified spontaneous emission from oriented ZnO nanorods, Journal of Luminescence, 225 (2020) 117395. https://doi.org/10.1016/j.jlumin.2020.117395.
- Hamkorlar (Collaborations)
- Xorijiy universitetlar
- Mahalliy integratsiya
- Dongguk Universiteti (Dongguk University), Janubiy Koreya;
- School of Electronic and Information Engineering Chongqing Sanxia University of Science and Technology Chongqing, Wanzhou, Xitoy;
- Uxan Universiteti (Wuhan University), Xitoy;
- Samara State Technical University, Samara, Russia;
- O‘zbekiston Milliy Universiteti;
- Samarqand Davlat Universiteti;
- Toshkent Davlat Texnika Universiteti;
- O‘zR FA Yadro fizikasi instituti;
- O‘zR FA Fizika-texnika instituti;
- Qarshi Davlat Universiteti;
6. Tadbirlar va Vebinarlar (Events & Webinars / Workshops)
- Kelgusi tadbirlar (Upcoming Events)
U.A. Arifov nomidagi Ion-plazma va lazer texnologiyalari institutida 2026 yil 17 sentyabr kuni “Optika va lazer fizikasi bo‘yicha xalqaro konferensiya” o‘tkaziladi.
Konferensiyada ishtirok etish uchun mahalliy va horijiy oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilari hamda ilmiy-tadqiqot muassasalari ilmiy xodimlari, tadqiqotchilar, doktorantlar, mustaqil tadqiqotchilar, shuningdek, soha mutaxassislari taklif etiladi.
Konferensiyaning asosiy yo‘nalishlari:
1-sho‘ba. Nanomateriallar optikasi va spektroskopiyasi;
2-sho‘ba. Lazer fizikasi, lazer texnologiyalari
3-sho‘ba. Kondensirlangan muhitlar fizikasi;
4-sho‘ba. Optik qurilmalar va metodlar.
Konferensiya tili: o‘zbek, rus va ingliz tillari.
- Tadbirlar arxivi (Past Events & Archive)
Laboratoriya ilmiy xodimlarining faoliyatidan lavhalar.
Laboratoriya xodimlari xorijiy davlatlarda ilmi stajirovkalarda bo’lib, Respublika va Halqaro ilmiy konferensiyalarda faol ishtirok etib kelmoqda.
- O’quv materiallari (Tutorials & Training)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabr “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-390-son qarorining 2-ilovasi 15.1-bandida oliy ta’lim tashkilotlarida Fanlar akademiyasi tizimidagi ilmiy tashkilotlar xodimlari ishtirokida masofaviy texnologiyalami qo‘llagan holda fan yo‘nalishlari bo‘yicha mahorat darslari, seminarlar, treninglar, vebinarlar va onlayn maslahatlashuvlar tashkil qilish, bunda mahorat darslari, seminar-trening, tematik vebinar, onlayn maslahatlashuvlar o‘tkazish belgilangan. Shu bo‘yicha 26-fevral 2026-yil kuni Oʻzbеkiston Rеspublikasi Fanlar Akadеmiyasi Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti katta ilmiy xodimi Z.Sh. Shaymardanovning O‘zbekiston Milliy universiteti Fizika talabalari uchun masofaviy tеxnologiyalarni qoʻllagan holda zoom platformasida «Nanostrukturali materiallarning fotolyuminestsentsiya spektrlarini o’lchash bo’yicha» onlayn seminari bo’lib o’tdi.