Laboratoriyaning ilmiy yo'nalishlari:
- PM6 donor va fullerensiz akseptorlar asosidagi organik quyosh elementlari faol qatlamlarning agregatsiyalanish hamda kristallanish xususiyatlarini tadqiq qilish.
- Kam uglerodli aqlli qishloq xo‘jaligi uchun yuqori samarali yarim shaffof organik fotovoltaik elementlar.
- Nurlanish spektrining ko‘zga ko‘rinuvchi sohasida endogen va ekzogen fotosensibilizatorlarni qo‘zg‘atish hisobiga antimikrob ta’sirini kuchaytirish.
- Perovskit quyosh elementlarining optik, morfologik va fotoelektrik xususiyatlari, hamda ulardagi degradatsiya mexanizmlarini tadqiq qilish.
- Organik quyosh elementlarida yorug‘lik yutilishi, zaryadlar tashilishi va degradatsiya jarayonlari
“Kondensirlangan muhitlar optikasi” laboratoriyasi
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti (IPLT)ning “Kondensirlangan muhitlar optikasi” laboratoriyasi lazer fizikasi, spektroskopiya, lazer nurlanishining biomolekulalar bilan o‘zaro ta’siri hamda ular asosida ilmiy asbob-uskunalar va qurilmalar yaratish sohalarida ko‘p yillik tajribaga ega.
Laboratoriyada fotosintez qiluvchi tizimlarning absorbsion va fluoressent xususiyatlari keng qamrovda o‘rganilgan. Jumladan, o‘simlik barglaridan ajratib olingan fotosintetik membranalar, fotosintez qiluvchi bakteriyalar, reaksiya markazlari hamda fotosintezning yorug‘lik yig‘uvchi antennalarining supramolekulyar komplekslari tadqiq qilingan. Fotoakustik effekt asosida o‘simliklarning fotosintetik faolligini aniqlash uchun spektrometr, shuningdek, uch rangli RGB LED yordamida lazer nurlanishining tirik tizimlarga kirib borish chuqurligi va yutilish darajasini aniqlovchi qurilma ishlab chiqilgan. Bundan tashqari, laboratoriyada lazer nurlanishining tibbiyotda qo‘llanilishi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda.
Laboratoriya xodimlari lazer fizikasi, nochiziqli optika va lazer nurlanishining modda bilan o‘zaro ta’siri yo‘nalishlarida ham faol ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar. Optik tolalar va interferometrik tolali qurilmalarda yuz beruvchi fizik jarayonlar, jumladan, bir va ikki tolali halqalar, ikki parallel tolali yo‘naltirilgan tarmoqlagichlar, ikki yadroli bir modali optik tolalar, superkontinuum generatsiyasi, yorug‘likning nochiziqli kommutatsiyasi, optik cheklash hamda Kerr modulyatsiyasi jarayonlari o‘rganilgan.
Laboratoriya xodimlari Xitoy Fanlar akademiyasining Sindao shahridagi Bioenergetika va bioprotsesslar instituti olimlari bilan hamkorlikda “Moslashuvchan organik fotoelektrik tizimlar – qayta tiklanuvchi energiyaning yangi qulay manbai” mavzusidagi xalqaro qo‘shma fundamental loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirganlar. Loyiha doirasida Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti hamda Mirzo Ulug‘bek nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining bakalavriat va magistratura talabalari ishtirok etib, bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyalarini bajarganlar.
Laboratoriya zamonaviy ilmiy standartlarga mos eksperimental baza bilan jihozlangan bo‘lib, yuqori darajadagi fundamental va amaliy tadqiqotlarni amalga oshirish imkoniyatiga ega.
Missiya va strategik maqsadlar
«Kondensirlangan muhitlar optikasi» laboratoriyasi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi U.A. Arifov nomidagi Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti tarkibida faoliyat yuritadi. Laboratoriya yigirma yildan ortiq vaqt davomida lazer fizikasi, spektroskopiya hamda lazer nurlanishining biomolekulalar va kondensirlangan muhitlar bilan o‘zaro ta‘siri sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlar olib bormoqda.
Laboratoriyaning asosiy missiyasi —yangi avlod organik va perovskit quyosh elementlarini ishlab chiqish, tabiiy va sun’iy fotosintez jarayonlarining fundamental fizik mexanizmlarini ochib berish, hamda lazer texnologiyalarini tibbiyot va qishloq xo‘jaligida qo‘llashga oid tadqiqotlar olib borishdir.
Bizning strategik maqsadlarimiz quyidagilardan iborat:
- O‘zbekistonda muqobil va qayta tiklanuvchi energiya sohasida ilmiy salohiyatni rivojlantirish va xalqaro miqyosda raqobatdoshlikni ta‘minlash;
- Egiluvchan, yengil va arzon organik fotovoltaika texnologiyalarini ishlab chiqish hamda ularni mahalliy iqlim sharoitlarida (yuqori namlik, kunduzgi-tungi katta harorat farqi) sinovdan o‘tkazish;
- Yuqori barqarorlikka ega perovskit quyosh elementlari uchun yangi materiallar va inkapsulyatsiya usullarini yaratish;
- Aqlli qishloq xo‘jaligi” va egiluvchan elektronika uchun cho‘ziluvchan (stretchable) va yarim shaffof organik fotoelementlar yaratish;
- Fotosintezning kvant samaradorligi va stress sharoitlariga moslashuvini o‘rganish orqali qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligini oshirishga ilmiy asos yaratish;
- Fotodinamik terapiya (PDT) va antimikrobial fototerapiya uchun lazer va yorug‘lik manbalarini yaratish;
- Xalqaro yetakchi ilmiy markazlar bilan hamkorlikni mustahkamlash hamda yosh olimlarni xorijiy stajirovkalar va qo‘shma loyihalar orqali tayyorlash.
Metodologiya
Laboratoriya tadqiqotlari asosan quyidagi ilmiy tajribaviy yondoshuv va uslublarga asoslangan:
- Optik spektroskopiya — UV-Vis-NIR diapazonida yutilish va fotolyuminessensiya;
- In-situ UV-Vis absorbsion spektroskopiya — spin-coating jarayonida har 0.01 s intervalda spektrlarni qayd qilish, faol qatlamning shakllanish dinamikasini real vaqtda kuzatish (eritma evaporatsiyasi → agregatsiya/nukleatsiya → kristall o‘sish);
- Vaqt-vaqtga ajratilgan flyuoressentsiya spektroskopiyasi — nano-, piko- va femtosekund vaqt o‘lchovlarida;
- Past chastotali fotoakustik spektroskopiya — gaz-mikrofonli ro‘yxatga oluvchi tizim asosida fototermik va fotobarik komponentlarni ajratish;
- Spin-coating usuli bilan yupqa plyonkalar tayyorlash va maxsus Argonli muhit (Glove Box)da fotoelement strukturalarini yig‘ish;
- Goniometrik o‘lchovlar — Contact Angle Goniometer L2004A1 (Osilla, Buyuk Britaniya) yordamida sirt energiyasini va kontakt burchaklarini o‘lchash;
- Flory-Huggins parametri (χ) hisob-kitobi — donor/akseptor materiallarining moslashuvchanligini va aralashuvchanligini baholash uchun Wu modeli asosida;
- GIWAXS (Grazing Incidence Wide-Angle X-ray Scattering) — yupqa plyonkalarning kristallik darajasi, π-π bog‘lanish masofasi va molekulyar tartiblanishini aniqlash uchun (xorijiy hamkor markazlar bilan);
- SCLC (Space-Charge-Limited Current) — zaryad tashuvchilarning harakatchanligini aniqlash;
- AFM, SEM va FTIR — morfologik va strukturaviy tahlil, namlik ta‘sirida degradatsiya jarayonlarini o‘rganish;
- Fotovoltaik xarakteristikalash — J-V, EQE, barqarorlik va degradatsiya o‘lchovlari;
- Lazer-tolali interferometriya — Sanyak interferometri, ikki yadroli tolalar yordamida nochiziqli optik hodisalar;
- Dala tadqiqotlari — qishloq xo‘jaligi ekinlarining fotosintezini in situ o‘lchashda MINI PAM flyuorimetri qo‘llaniladi.
Xodimlar tarkibi (2025-yil)
Laboratoriya jamoasi 15 ta xodimni o‘z ichiga oladi, o‘rtacha yoshi — 34 yosh bo’lib, shundan 4 nafari fan doktori (DSc) va 1 nafari PhD. Bundan tashqari, jamoada o‘qiyotgan doktorantlar, stajor-tadqiqotchilar va magistratura talabalari (O‘zMU, TDPU, TDTU, QarDU dan) ham faol qatnashadi. 2024–2025 yillarda mavzu bo‘yicha 5 dan ortiq magistr dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qildi.
2. Ilmiy yo‘nalishlar
Laboratoriya bir-biri bilan uzviy bog‘langan to‘rtta asosiy ilmiy yo‘nalishda faoliyat olib boradi:
1) Organik va perovskit quyosh elementlari optikasi. (Stretchable, Semi-transparent & Wearable OPV) Tarmoqlangan va kichik molekulali donor polimerlar hamda fullerensiz akseptorlar asosida hajmiy va planar geterostrukturali fotoelementlarni yaratish va o‘rganish.
2) Fotosintez jarayonining fluoressent va fotoakustik spektroskopiyasi. O‘simlik barglari va fotosintezlovchi bakteriyalarda xlorofill va bakteriyaxlorofill flyuoressensiyasining spektral-kinetik xarakteristikalari. Fotosintezning birlamchi fotomajbur jarayonlarida yorug‘lik energiyasi yutilishining fizik mexanizmlari.
3) Lazer nurlanishining qisqa impulslarini nochiziqli optik tolalarda tarqalishi. Bir va ikki yadroli tolalar, Sanyak interferometri, parallel tolali yo‘naltirilgan ulanishlarda superkontinuum generatsiyasi, nochiziqli optik kalitlash, optik cheklash, Kerr modulyatsiyasi.
4) Tibbiyot va qishloq xo‘jaligida lazer texnologiyalari. Fotodinamik terapiya (PDT) uchun fotosensibilizatorlarning (metilen ko‘ki va boshqalar) absorbsion-flyuoressent xossalarini tadqiq qilish. Antimikrobial fotodinamik ta‘sirni stimulyatsiyalovchi yangi dasturlar. Dermatologik kasalliklarni davolash uchun yarim o‘tkazgichli UF lazerlar ishlab chiqish
3. Infratuzilma va resurslar (Facilities)
Eksperimental jihozlar
Laboratoriya zamonaviy tajribaviy bazaga ega bo‘lib,quyidagi asosiy uskunalar mavjud:
- Maxsus Argonli muhit (Glove Box) — organik va perovskit fotoelementlarni inert atmosferada yig‘ish uchun;
- Spin-coating qurilmasi (600–8000 ayl/min) — turli substratlarga (ITO, kvarts shisha) yupqa naporozmerli plyonkalarni yotqizish uchun;
- In-situ UV-Vis absorbsion spektrometri — 300–1100 nm diapazonda, 0.01 s vaqt aniqligi bilan, spin-coating jarayonida faol qatlamning shakllanishini real vaqtda kuzatish uchun;
- Contact Angle Goniometer L2004A1 (Osilla, Buyuk Britaniya) — yupqa plyonkalarda sirt energiyasi va kontakt burchagini o‘lchash uchun; Advance Drop Shape Analysis dasturiy ta‘minoti bilan;
- MINI PAM impuls amplitudali modulyatsiya flyuorimetri (Walz, Germaniya) — dala sharoitida fotosintez parametrlarini o‘lchash uchun;
- BCI-280 boksKar integrator (ZWG, Berlin, Germaniya) — pikosekund vaqt aniqligi bilan impuls profilini kuzatish uchun;
- RF6000 – Shimadzu Spektrofluorimetr
- HR 2000+ Ocean optics Spektrofotometr
- Lazer flyuoressent spektroskopiya kompleksi — uzluksiz, impuls-davriy, nano-, piko- va femtosekund lazer manbalari bilan;
- Kechiktirilgan flyuoressensiyani ultrayuqori sezgirlikda o‘rganish uchun originall qurilma;
- AEF-2 fotosintez samaradorligi analizatori — laboratoriyaning o‘zida ishlab chiqilgan;
- Past chastotali fotoakustik qurilma — gaz-mikrofonli ro‘yxatga olish bilan;
- UF lazer va fotodinamik terapiya uchun yarim o‘tkazgichli lazer;
- Optik tolali komponentlar — Sanyak interferometrlari, ikki yadroli tolalar;
- FTIR spektrometr — namlik ta‘sirida degradatsiya jarayonlarini o‘rganish uchun.
Xorijiy ekspert loyihalari (2025)
- National Foreign Expert Individual Human Project — S20240008: prof. E.A. Zaxidov;
- National Foreign Expert Individual Human Project — H20240043: f.-m.f.d. I.I. Tadjibayev va kichik ilmiy xodim I.R. Boynazarov.
Shu paytgacha amalga oshirilgan loyihalar
- MUK-2021-47 (2021–2023) — «Flexible Organic Photovoltaics: an Emerging Portable Renewable Energy Source», O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma loyihasi.
- OT-F2-05 (2017–2020) — Sun‘iy fotosintez tizimlarida yorug‘lik energiyasi va zaryadlarning ko‘chish jarayonlari.
- FA-Atex-2018-47 (2018–2020) — Dermatologiyada qo‘llash uchun yangi avlod fototerapevtik qurilmalarni ishlab chiqish.
- FA-A4-F047 (2015–2017) — Qishloq xo‘jalik ekinlarida fotosintez monitoringi.
- O‘tgan 20 yil ichida CRDF (AQSH), STCU (Ukraina), SNSF (Shveysariya), INTAS kabi 8 ta nufuzli xorijiy fondning loyihalari muvaffaqiyatli amalga oshirilgan.
Himoya qilingan dissertatsiyalar
- 2024-2026 — laboratoriyaning 3 ta ilmiy xodimi DSc doktorlik, 2 nafar doktorant PhD dissertatsiyasini himoya qildi;
- 2024 — V.O. Quvondiqov, DSc: «Kichik molеkulali donor -akseptorlar asosidagi organik quyosh elеmеntlarining optik strukturaviy va fotovoltaik xususiyatlari» (rahbar: prof. Sh.K. Nematov);
- 2024 — L.R. Nurumbetova, PhD: «Seziy asosidagi perovskitlarning optik, strukturaviy va fotovoltaik xususiyatlari» (rahbar: prof. E.A. Zaxidov);
- 2025 — I.I. Tajibaev, PhD: « Perovskit quyosh elementlari faol qatlam strukturaviy defektlarining ularning optik va fotovoltaik xususiyatlariga ta’siri» (rahbar: prof. E.A. Zaxidov);
- 2025 — A.A. Saparbayev, DSc: «Fullerensiz polimer akseptorlar asosidagi quyosh elementrlarning optik spektroskopiyasi» (rahbar: prof. E.A. Zaxidov).
- 2026 — I.R. Boynazarov, PhD: «2024 — L.R. Nurumbetova, PhD: «Seziy asosidagi perovskitlarning optik, strukturaviy va fotovoltaik xususiyatlari» (rahbar: V.O. Quvondiqov);
So‘nggi yillar ichida laboratoriya bazasida 20 dan ortiq magistrlik dissertatsiyalari himoya qilindi.
5. Hamkorliklar (Collaborations)
Xorijiy universitetlar va ilmiy markazlar
- University of Texas at Austin (AQSH) — prof. Iskandar Xolmanov;
- Northwestern Polytechnical University, Sian (Xitoy) — perovskit fotoelementlar defektlarini passivatsiya; 2023-yildan rasmiy hamkorlik shartnomasi;
- School of Materials Science and Engineering, Tianjin University (Xitoy) — prof. Long Ye, organik quyosh elementlari va cho‘ziluvchan fotovoltaika;
- School of Flexible Electronics, Nanjing Tech University (Xitoy) — prof. Yonghua Chen, prof. Sunsun Li;
- Qingdao Institute of Bioenergy and Bioprocess Technology, CAS (Xitoy) — prof. Shuguang Wen;
- Ocean University of China (Xitoy) — 2025-yildan stajirovkalar bo‘yicha;
- Nanjing Forestry University (Xitoy) — 2025-yildan stajirovkalar bo‘yicha;
- Fuzhou University (Xitoy) — 2025-yildan stajirovkalar va konferensiyalar bo‘yicha;
- Jianghan University (Xitoy) — 2025-yildan stajirovkalar bo‘yicha;
- Xinjiang University (Xitoy) — 2025-yildan stajirovkalar va konferensiyalar bo‘yicha;
- Institute of Physics of Azerbaijan National Academy of Sciences (Ozarbayjon) — magnetron usulida ITO, TiO₂ nanostrukturali yupqa plyonkalar;
- University of Chicago (AQSH) — prof. J. Norris;
- Bar-Ilan University (Isroil);
- ETH Zürich / Politexnika universiteti (Shveysariya);
- Università degli Studi di Milano (Italiya);
- Dongguk University, Seul (Janubiy Koreya);
- NPO «Polyus», RAN Umumiy fizika instituti (Rossiya);
- Belorussia MFA Fizika instituti (Belorussia).
Mahalliy OTMlar bilan integratsiya
- Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti (O‘zMU/NUUz);
- Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti (TDTU/TSTU);
- Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti (TDPU/TSPU);
- Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universiteti (SamDU);
- Qarshi davlat universiteti (QarDU).
2025-yildagi stajirovkalari va xalqaro faoliyat
2025-yil davomida laboratoriya tarkibidan 11 nafar ilmiy xodim xorijiy universitetlarda stajirovka va qo‘shma tadqiqotlardan o‘tdi.
Stajirovka markazlari (2025): - Northwestern Polytechnical University (Xitoy) - Nanjing Tech University (Xitoy) - Ocean University (Xitoy) - Nanjing Forestry University (Xitoy) - Fuzhou University (Xitoy) - Jianghan University (Xitoy) - Xinjiang University (Xitoy) - Qingdao Institute of Bioenergy and Bioprocess Technology, CAS (Xitoy)