• +998 71 262 31 69
  • info@iplt.uz
Saparbayev Aziz
  • Yetakchi ilmiy xodim
  • https://orcid.org/0000-0002-5447-4346

Saparbayev Aziz (O’zbekiston) Ion-plazma va lazer texnologiyalari institutida “Kondensirlangan muhitlar optikasi” ilmiy laboratoriyasida yetakchi ilmiy xodim sifatida faoliyat yuritadi. U 2020-yilda Xitoy Fanlar akademiyasining Sindao shahridagi Bioenergiya va biojarayonlar texnologiyalari institutida professor Renqiang Yang va professor Xichang Bao rahbarligida falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan. Uning ilmiy tadqiqotlari organik va perovskitli quyosh elementlari, jumladan, polimer faol qatlamlarining morfologiyasi va spektroskopik tadqiqi, atmosfera sharoitida noorganik perovskitli quyosh elementlarini oddiy usulda tayyorlash hamda fotovoltaik qurilmalarning samaradorligi va barqarorligini oshirish kabi yo’nalishlarga qaratilgan. U Scopus va Web of Science bazalarida indekslangan 30 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi bo’lib, uning maqolalari Energy & Environmental Science, Nano Energy, Advanced Science, Chemical Engineering Journal, Solar Energy, Solar RRL va ACS Applied Materials & Interfaces kabi nufuzli xalqaro jurnallarda nashr etilgan. Shuningdek, u bir faol qatlamli polimer quyosh elementlarning energiya o’tkazish samaradorligini (EO’S) 19% dan oshirishga erishgan bo’lib, bu natija O’zbekistonda va xalqaro miqyosda yuqori ko’rsatkichlardan biri hisoblanadi. Doktor Saparbayev yetakchi tadqiqotchi yoki ijrochi sifatida uchta ilmiy loyihada, jumladan, ikkita O’zbekiston–Xitoy qo’shma xalqaro loyihasida ishtirok etgan: “Flexible Organic Photovoltaics: an Emerging Portable Renewable Energy Source” (MUK-2021-47, 2021–2022) va “Kam uglerodli aqlli qishloq xo’jaligi uchun yuqori samarali yarim shaffof organik fotovoltaik elementlar”