Boynazarov Ilhom (O’zbekiston) Ion-plazma va lazer texnologiyalari institutida “Kondensirlangan muhitlar optikasi” ilmiy laboratoriyasida katta ilmiy xodim sifatida faoliyat yuritadi. Uning ilmiy tadqiqotlari perovskitli quyosh elementlari, organik quyosh elementlari, optika va materialshunosligi kabi yo’nalishlarga qaratilgan bo’lib, xususan CsFAMA va CsPbIBr2 asosidagi perovskitli quyosh elementlarida yod oksidlanish yo’llarini bostirish orqali barqarorlikni oshirish, shuningdek AgNWs/PET asosidagi yarim shaffof moslashuvchan yupqa plyonkalarning optik va strukturaviy xossalarini o’rganish uning asosiy tadqiqot sohalari hisoblanadi. U bir qator xalqaro va mahalliy ilmiy jurnallarda nashr etilgan 10 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi bo’lib, uning maqolalari Advanced Materials, Energy Technology va Optics and Spectroscopy kabi xalqaro jurnallarda nashr etilgan.