Tajibayev Ilxomjon (O’zbekiston) Ion-plazma va lazer texnologiyalari institutida “Kondensirlangan muhitlar optikasi” ilmiy laboratoriyasida yetakchi ilmiy xodim sifatida faoliyat yuritadi. Uning ilmiy tadqiqotlari perovskitli quyosh elementlari, organik quyosh elementlari va tolali optika kabi zamonaviy yo’nalishlarga qaratilgan bo’lib, xususan perovskitli qurilmalarda interfeys nuqsonlarini bartaraf etish, qo’shimcha muhandislik orqali samaradorlik va barqarorlikni oshirish hamda ikki o’zakli optik tolalar asosida keng polosali yorug’lik manbalari yaratish masalalari uning asosiy tadqiqot sohalari hisoblanadi. U Scopus va Web of Science bazalarida indekslangan 15 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi bo’lib, uning maqolalari Advanced Functional Materials, Energy & Environmental Science, Advanced Materials, ACS Applied Materials & Interfaces, Solar Energy, Journal of Energy Chemistry va Journal of Lightwave Technology kabi nufuzli xalqaro jurnallarda nashr etilgan.