Lobar Nurumbetova (O’zbekiston) Ion-plazma va lazer texnologiyalari institutida “Kondensirlangan muhitlar optikasi” ilmiy laboratoriyasida katta ilmiy xodim sifatida faoliyat yuritadi. Uning ilmiy tadqiqotlari noorganik perovskitli quyosh elementlari, xususan CsPbI3 va CsPbI2Br asosidagi faol qatlamlarni tayyorlash, ularning morfologiyasi va fotovoltaik parametrlarini optimallashtirish kabi yo’nalishlarga qaratilgan. U ko’p marta spin-coating usuli, dinamik vakuum yordamida past haroratda tayyorlash va sirt passivatsiyasi kabi oddiy va arzon texnologiyalar orqali perovskitli quyosh elementlarining samaradorligi va barqarorligini oshirish bo’yicha tadqiqotlar olib borgan. U bir qator xalqaro va mahalliy ilmiy jurnallarda nashr etilgan 10 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi bo’lib, uning maqolalari, uning maqolalari Solar Energy, Solar RRL, Journal of Applied Spectroscopy va Physica Scripta kabi xalqaro jurnallarda nashr etilgan