Urolov Shamsiddin Zayniddinovich O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi U.A. Arifov nomidagi Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti “Nanotarkibiy materiallarda optik va elektron jarayonlar” laboratoriyasida katta ilmiy xodim lavozimida faoliyat yuritadi. U 2021-yilda Ion-plazma va lazer texnologiyalari institutida fizika-matematika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan. 2023 yilda Katta ilmiy xodim ilmiy unvonini olgan. Uning ilmiy faoliyati asosan past haroratli usullarda metal oksidlarining turli o’lcham va morfologiyaga ega nanostrukturalarini sintez qilish, ularning kristallografik va optik xossalariga ta’sir qiluvchi omillarni o’rganishga qaratilgan. Urolov Shamsiddin Zayniddinovichning Scopus/Web of Science bazasida indekslangan ilmiy jurnallarda 10 dan ortiq ilmiy maqolalari nashr etilgan. Hozirda laboratoriyada bajarilayotgan O’zbekiston-Belarus qo’shma fundamental loyihasiga raxbarlik qilmoqda.