G‘ulomjonova Sevaraxon G‘afurjon qizi 2023-yilda laboratoriyamiz faoliyatiga stajyor-tadqiqotchi sifatida qo‘shilgan hamda uglerod nanonaychalari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib boruvchi guruh tarkibida faoliyat boshlagan. Hozirgi kunda u zоl-gel, CVD hamda turli katalitik tizimlar asosida sintez qilingan uglerod nanonaychalarining olinishi, strukturaviy xususiyatlari va fizik-kimyoviy tavsiflarini tadqiq etish yo‘nalishida ilmiy faoliyat olib borayotgan mutaxassis hisoblanadi.
2025-yildan boshlab tayanch doktorantura (PhD) talabasi sifatida faoliyat yuritib, “Bir devorli uglerod nanonaychalarining sintezi va xossalari” mavzusidagi dissertatsiya ustida ilmiy izlanishlar olib bormoqda.