Imomov Muhibjon (O’zbekiston) Ion-plazma va lazer texnologiyalari institutida “Kondensirlangan muhitlar optikasi” ilmiy laboratoriyasida katta ilmiy xodim sifatida faoliyat yuritadi. Uning ilmiy tadqiqotlari organik quyosh elementlari, perovskitli quyosh elementlari, fotodinamik terapiya hamda yarim o’tkazgich materiallarning optik va fotoluminestsent xossalari kabi yo’nalishlarga qaratilgan. Xususan, u P3HT:PCBM va P3HT:ITIC asosidagi organik quyosh elementlarining yutilish va fotoluminestsentsiya spektrlarini qiyosiy o’rganish, perovskitli quyosh elementlarida kovak tashuvchi qatlamlarning morfologiyasini tahlil qilish hamda antibakteriyal fotodinamik terapiyaning tibbiy qo’llanmalari bo’yicha tadqiqotlar olib borgan. U bir qator xalqaro va mahalliy ilmiy jurnallarda nashr etilgan 9 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi bo’lib, uning maqolalari ACS Applied Materials & Interfaces, Applied Physics A, Journal of Applied Spectroscopy va Academia Open kabi jurnallarda chop etilgan