Maxmudov Miraziz Mirabbos o’g’li. 2025-yildan boshlab (O‘zbekiston) “Adsorbsiya va emission hodisalar” laboratoriyasida tayanch doktorant sifatida ilmiy faoliyat olib bormoqda. Uning ilmiy tadqiqotlari vakuum sharoitida monokristall sirtlarda ionlarning sochilish jarayonlari hamda kislorod adsorbsiyasining boshlang‘ich bosqichlarini o‘rganishga qaratilgan. Asosiy ilmiy yo‘nalishlari nikel, molibden, titan va tantal monokristallari sirtlarida adsorbsiya hodisalari, ion-sochilish spektroskopiyasi va sirt fizikasi bilan bog‘liq fundamental jarayonlarni tadqiq etishni qamrab oladi