Georgiy Nujdov (O‘zbekiston)ning ilmiy tadqiqotlari kondensatsiyalangan holat fizikasi, molekulyar fizika va issiqlik fizikasi, ion ko‘chishi jarayonlarining dinamik parametrlari, shuningdek superion o‘tkazgichlar nanoklasterlarida fazaviy o‘zgarishlar va segnetoelektrik xususiyatlarni kompyuter modellashtirishga bag‘ishlangan.
U Scopus va Google Scholar bazalarida indekslangan ko‘plab ilmiy maqolalar muallifi va hammuallifi hisoblanadi. Ilmiy ishlari “Jurnal texnicheskoy fiziki”, “Elektroximiya”, “Jurnal prikladnoy spektroskopii” kabi jurnallarda chop etilgan. Shuningdek, u 3 ta patent va 1 ta monografiya muallifi hisoblanadi.
Nujdov kristallarda ionlar harakati kinetikasiga elastik deformatsiyalarning ta’siri va kompozitsion materiallarni modifikatsiya qilishga bag‘ishlangan 8 ta ilmiy-tadqiqot loyihasida ishtirok etgan.