Sobirova Bashorat Komiljon qizi 2025 yildan O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi U.A. Arifov nomidagi Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti “Nanotarkibiy materiallarda optik va elektron jarayonlar” laboratoriyasi tayanch doktoranti sifatida faoliyat yuritmoqda. Sobirovaning dissertatsiya ishi gidrotermal usulda titan dioksidi nanostrukturalarini sintez qilish ularning optic va fotokatalitik xossalari o’rganishga bag’ishlangan. Shu bilan birgalikda u laboratoriyada bajarilayotgan fundamental loyihada kichik ilmiy xodim sifatida ham faoliyat olib boradi. Uning ilmiy faoliyati asosan past haroratli usullarda turli kristallografik fazaga ega titan dioksidi nanostrukturalarini sintez qilish, ularning kristallografik, optik va fotokatalitik xossalariga ta’sir qiluvchi omillarni o’rganishga qaratilgan.