Rivojiddin Jalolov laboratoriyadagi ilmiy faoliyatini 2019-yilda boshlagan bo’lib, 2022 yilda Ion-plazma va lazer texnologiyalari institutida fizika-matematika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan. Uning ilmiy tadqiqotlari kvant va nanoo’lchamdagi funksional materillarning (metal nanozarralari, metal oksidi nanostrukturalari, metal organik karkaslari) sintezi va ularning fizik-kimyoviy xususiyatlarini o’rganishga qaratilgan. U Scopus/Web of Science bazasida indekslangan ilmiy jurnallarda 10 dan ortiq nashrlar muallifi bo’lib, Ceramics International, Colloids and Surfaces A: Physicochemical and Engineering Aspects, Journal of Materials Science in Semiconductor Processing, Nanotechnology, Current Applied Physics va boshqa nufuzli jurnallarda ilmiy maqolalar chop ettirgan.