Dilfuza Xusanova (O‘zbekiston) Termiz davlat universiteti Fizika fakultetida tahsil olgan. U aspirantura bosqichini Elektronika institutida (hozirgi Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti) tamomlab, fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan U “Perilen asosidagi nanokristallar nukleatsiyaoldi jarayonlari mexanizmlarini o‘rganish” mavzusida dissertatsiyasini himoya qilgan. Uning ilmiy tadqiqotlari hisoblash materialshunosligi sohasiga tegishli bo‘lib, asosan molekulyar dinamika (MD) simulyatsiyalari orqali organik nanokristallar, perilen asosidagi molekulyar tizimlar hamda metall va metall-oksid nanozarrachalarni o‘rganishga qaratilgan. Uning ishlari ReaxFF reaktiv potensial maydoni va LAMMPS simulyatsiya paketi yordamida amalga oshiriladigan nukleatsiyaoldi jarayonlari, o‘sish mexanizmlari va sirt hodisalariga alohida e’tibor qaratadi. Husanova 2021-yilda ilmiy guruhga kichik ilmiy xodim sifatida qo‘shilgan. Uning hozirgi tadqiqotlari molekulyar agregatsiya va nanostrukturalar hosil bo‘lish mexanizmlarini chuqurroq tushunishga qaratilgan bo‘lib, atomistik simulyatsiya usullarini rivojlantirishga hissa qo‘shadi