Asatov Afzaljon — litiy-ion va natriy-ion akkumulyatorlari uchun anod materiallarini ishlab chiqish va tadqiq etish yo‘nalishida faoliyat olib borayotgan kichik ilmiy xodim. U 2018–2022-yillarda bakalavriat, 2022–2024-yillarda esa magistratura bosqichida tahsil olgan. Uning ilmiy qiziqishlari qattiq uglerodni olish va modifikatsiya qilish, uglerod saqlovchi xomashyoni qayta ishlash, nanokompozit materiallarning elektrokimyoviy xossalarini o‘rganish hamda energiya saqlash tizimlari uchun resurs tejamkor va ekologik xavfsiz texnologiyalarni rivojlantirish bilan bog‘liq.