• +998 71 262 31 69
  • info@iplt.uz
Radjabov Azim Sheraliyevich
  • falsafa doktori (PhD)
  • https://orcid.org/0000-0002-7407-5692

Radjabov Azim Sheraliyevich Ion-Plazma va Lazer Texnologiyalari Institutining “Ion-plazma texnologiyalari” hamda “Adsorbsion va emission hodisalar” laboratoriyalarida katta ilmiy xodim va mass-spektrometriya sohasi mutaxassisi hisoblanadi.

U 2022-yilda Ion-plazma va lazer texnologiyalari institutida fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan.

Uning ilmiy tadqiqotlari organik va bioorganik birikmalarning sirtiy ionlashuvi, termodesorbsiya, maydoniy desorbsiya hamda kuchli elektr maydoni ta’siridagi sirtiy ionlashuv jarayonlarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Shuningdek, u sirtiy ionlashuv asosida yuqori sezgir va yuqori tanlovchan gaz-tahlil hamda mass-spektrometrik tizimlarni yaratish ustida ilmiy izlanishlar olib bormoqda.

Radjabov Azim Sheraliyevich termodesorbsion sirtiy-ionlashuv spektrometriyasining kinetik nazariyasini ishlab chiqqan va ushbu metodning asosiy qonuniyatlarini eksperimental jihatdan tasdiqlagan. Bundan tashqari, u kuchli elektr maydonlarida organik birikmalarning sirtiy ionlashuvi hamda maydoniy desorbsiya jarayonlarida molekulyar va fragment ionlar hosil bo‘lish mexanizmlarini tadqiq qilgan.

U 1 ta patent va Scopus, Web of Science bazalarida hamda mahalliy ilmiy jurnallarda chop etilgan 15 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi va hammuallifi hisoblanadi.