Tursunqulov Elyor (Oʻzbekiston) 2023-yilda Oʻzbekiston Milliy universitetining Fizika fakultetida magistratura bosqichini tamomlagan. U 2025-yilda Nanomateriallar fotonikasi va spektroskopiyasi laboratoriyasiga stajyor-tadqiqotchi sifatida qoʻshilgan boʻlib, 2026-yildan boshlab ushbu laboratoriyada kichik ilmiy xodim lavozimida faoliyat yuritmoqda. Uning ilmiy tadqiqotlari fullerenlar va polimerlar asosida gibrid nanostrukturalar shakllanish mexanizmlarini oʻrganish, ularning optik, fotofizik va strukturaviy xossalarini aniqlashga qaratilgan. Ilmiy faoliyati davomida 12 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar chop ettirgan. 1 maqolasi Scopus va Web of Science bazasiga kiruvchi jurnallarda e’lon qilingan