Qayum Musurmonov (Oʻzbekiston) – Nanomateriallar fotonikasi va spektroskopiyasi laboratoriyasining kichik ilmiy xodimi. Uning ilmiy izlanishlari fulleren yupqa qatlamlarining optik va elektrik xossalarini o‘rganish, shuningdek, ularning optoelektronika va sensor texnologiyalaridagi qo‘llanish imkoniyatlarini aniqlashga qaratilgan. Ilmiy faoliyati davomida 15 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar chop ettirgan. 3 maqolasi Scopus va Web of Science bazasiga kiruvchi jurnallarda e’lon qilingan.