Abdurauf Olimov (Oʻzbekiston) — Nanomateriallar fotonikasi va spektroskopiyasi laboratoriyasi katta ilmiy xodimi. 2025-yilda fizika-matematika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan. Uning ilmiy tadqiqot yoʻnalishlari yupqa qatlamli quyosh elementlari, uglerod nanostrukturalari va yarimoʻtkazgich materiallar asosidagi nanokompozit qatlamlarni oʻrganish hamda tadqiqot jarayonlarini optimallashtirish va ma’lumotlar toʻplamini analiz qilishda mashinaviy oʻrganish (Machine Learning) usullarini tatbiq etishga bagʻishlangan. Ilmiy faoliyati davomida 30 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar chop ettirgan. 10 maqolasi Scopus va Web of Science bazasiga kiruvchi jurnallarda e’lon qilingan.