• +998 71 262 31 69
  • info@iplt.uz

E’lon


 
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 11-avgustdagi 337-son buyrug‘i bilan ilmiy tashkilot va ta’lim muassasalariga O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan 2027-yil uchun stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura va doktoranturaga qabul kvotasi tasdiqlandi.
OʻzR FA U.A.Arifov nomidagi Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti  joriy yil 15-sentabrdan 15-oktabrga qadar stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura va doktoranturaga qabul e’lon qiladi.  Talabgorlar oliy ta’limdan keyingi ta’limni muvofiqlashtirishning yagona elektron tizimi orqali (daraja.ilmiy.uz)  talab qilingan hujjatlarni yulashlari mumkin. Hamma talab qilingan hujjatlar toʻla yuklanishi shart, aks holda talabgor hujjatlari rad qilinadi. 
 
Doktoranturaga (DSc) qoʻyidagi ixtisosliklarga kvota mavjud:
 
1. 01.04.04 -Fizik elektronika (1 ta kvota)
2. 01.04.05- Optika (1 ta kvota)
 
Tayanch doktoranturaga (PhD) qoʻyidagi ixtisosliklarga kvota mavjud:
 
1. 01.04.03- Molekulyar fizika va issiqlik fizikasi (2 ta kvota)
2. 01.04.04 -Fizik elektronika (2 ta kvota)
3. 01.04.05- Optika (1 ta kvota)
4. 01.04.07-Kondensirlangan muhit fizikasi (1 ta kvota)
5. 01.04.12 – Nanomateriallar fizikasi va texnologiyasi (2 ta kvota)
 
Stajyor-tadqiqotchilikka:
 
1. 01.04.03- Molekulyar fizika va issiqlik fizikasi (1 ta)
2. 01.04.04 -Fizik elektronika (1 ta)
3. 01.04.05- Optika (1 ta)
4. 01.04.07-Kondensirlangan muhit fizikasi (1 ta)
5. 01.04.11 – Lazer fizikasi (1 ta)
5. 01.04.12 – Nanomateriallar fizikasi va texnologiyasi (1 ta)
  
Ilmiy kadrlar tayyorlashning ustuvor yoʻnalishlariga oid ixtisosliklarga talabgorlarni qabul qilish kirish imtihoni oʻrniga ilmiy tadqiqot ishi taqdimoti asosida amalga oshirilishi belgilab qoʻyilgan. Fizikaning barcha sohalari ustuvor yoʻnalishlariga oid ixtisosliklar boʻlgani uchun, talabgorlar ilmiy tadqiqot ishi xaqida 8-10 minutlik taqdimot tayyorlashi shart. Taqdimotda ilmiy ishning mavzusi, ilmiy muammo va uning yechimi, maqsad, vazifalari va kutiladigan natijalar talabgorning ixtisosliklariga  mos tarzda ochib berilishi kerak va Nizom talablariga koʻra shu yoʻnalishda chop qilingan ilmiy ishlar boʻlishi shart.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 26.05.2026 -yildagi PF-98-son Farmoni 3 (b) bandida ustuvor ilmiy ixtisosliklarga qabul kirish imtihoni o‘rniga ilmiy tadqiqot ishi taqdimoti asosida amalga oshirish belgilangan. Shundan kelib chiqib, O‘zR FA ning U.A.Arifov nomidagi Ion-plazma va lazer texnologiyalar instituti OT keiyngi ta’lim institutini ustuvor ilmiy ixtisosliklarga nomzodlar ( 01.04.03- Molekulyar fizika va issiqlik fizikasi; 01.04.04 -Fizik elektronika; 01.04.05- Optika; 01.04.07-Kondensirlangan muhit fizikasi; 01.04.12 – Nanomateriallar fizikasi va texnologiyasi) kirish imtihoni o‘rniga ilmiy tadqiqot ishi taqdimoti tayyorlaydilar. Institut Ilmiy kengashi tasdiqlagan ilmiy tadqiqot ishi taqdimotinng shakllari ilova qilinyapti. Ustuvor yoʻnalishlariga oid ixtisosliklar bo‘yicha tayanch doktorantura va doktoranturaga hujjat topshiruvchi talabgorlarning hujjatlarini qabul qilishda ularning taqdimot loyihasi Yagona elektron tizimiga yuklangan bo‘lishi lozim. Bunda talabgorlar tomonidan yuklangan taqdimot loyihalariga joriy yil 30-oktabrga qadar tegishli o‘zgartirish kiritish imkoniyati yaratilgan.

Tayanch doktorantura (PhD)ga qabul uchun taqdimot shaklini yuklab olish

Doktorantura (DSc)ga qabul uchun taqdimot shaklini yuklab olish