• +998 71 262 31 69
  • info@iplt.uz

OPTIKA VA LAZER FIZIKASI BOʻYICHA XALQARO KONFERENSIYA

2026-yil 17-sentyabr | Toshkent

2026-yil 17-sentyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi U.A. Arifov nomidagi Ion-plazma va lazer texnologiyalari institutida “Optika va lazer fizikasi boʻyicha xalqaro konferensiya” boʻlib oʻtadi.

Konferensiya optika, lazer fizikasi, nanomateriallar, spektroskopiya va kondensirlangan muhitlar fizikasi sohalarida faoliyat olib borayotgan mahalliy va xorijiy olimlar, professor-oʻqituvchilar, yosh tadqiqotchilar va soha mutaxassislarini bir maydonda jamlaydi.

Konferensiya dasturidan plenar va ogʻzaki ilmiy maʼruzalar, poster taqdimotlari hamda ilmiy muhokamalar oʻrin olgan.

Konferensiyaning asosiy ilmiy yoʻnalishlari:

  • nanomateriallar optikasi va spektroskopiyasi;
  • lazer fizikasi va lazer texnologiyalari;
  • kondensirlangan muhitlar fizikasi;
  • optik qurilmalar va tadqiqot usullari.

Konferensiyada Oʻzbekiston ilmiy va oliy taʼlim muassasalari vakillari bilan bir qatorda xorijiy olimlar ham ishtirok etadi. Ilmiy dasturda nanomateriallar va fotokataliz, funksional materiallar, lazer-indutsirlangan plazma, optik va Raman spektroskopiyasi, nanostrukturalar hamda boshqa zamonaviy tadqiqot yoʻnalishlari boʻyicha maʼruzalar taqdim etiladi.

Konferensiya sanasi: 17-sentyabr 2026-yil

Ishtirokchilarni roʻyxatga olish: 09:00–10:00

Konferensiya boshlanishi: 10:00

Manzil: OʻzR FA U.A. Arifov nomidagi Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti, Doʻrmon yoʻli koʻchasi, 33, Toshkent shahri, 100125.

Tashkiliy qoʻmita

Konferensiya dasturi va taklifnomasini yuklab olish (PDF)