⚡️ OʻzR FA U.A.Arifov nomidagi Ion-plazma va lazer texnologiyalari institutidastajyor-tadqiqotchilik, mustaqil izlanuvchilik, tayanch doktorantura va doktoranturaga qabuli 2026-yil 18-noyabr soat 9.00 da institutning 2-qavatigagi “Ma’naviyat” xonasida boshlanadi.
Mustaqil izlanuvchalikka va stajyor-tadqiqotchilikka nomzodlar suhbat orqali saralanib olinadi.
Ilmiy kadrlar tayyorlashning ustuvor yoʻnalishlariga oid ixtisosliklarga talabgorlarni qabul qilish kirish imtihoni oʻrniga ilmiy tadqiqot ishi taqdimoti asosida amalga oshirilishi belgilab qoʻyilgan. Shuning uchun, tayanch doktorantura va doktoranturaga nomzodlar qabulin ilmiy tadqiqot ishi taqdimoti orqali amalga oshiriladi. Taqdimot davomiyligi hammasi 10 daqiqa, ya’ni 8 daqiqa taqdimot uchun va 2 daqiqa savol-javoblar uchun ajratiladi. Taqdimotda ilmiy ishning mavzusi, ilmiy muammo va uning yechimi, maqsad, vazifalari va kutiladigan natijalar talabgorning ixtisosliklariga mos tarzda ochib berilishi kerak va Nizom talablariga koʻra shu yoʻnalishda chop qilingan ilmiy ishlar boʻlishi shart.
