• +998 71 262 31 69
  • info@iplt.uz
Abdurahmanov Farhod Ilxom o’gli
  • kichik ilmiy xodimi.
  • https://orcid.org/0009-0005-3533-2237

Abdurahmanov Farhod Ilxom o’gli — U.A. Arifov nomidagi Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti huzuridagi Ilmiy asbob-uskunalardan jamoaviy foydalanish markazining kichik ilmiy xodimi.

2017–2021 yillarda N.E. Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universitetida “Yuqori energiyali plazmali va energetik qurilmalar” yo‘nalishida tahsil olib, bakalavr darajasini olgan. 2021–2023 yillarda shu universitet magistraturasida shu yo‘nalish bo‘yicha o‘qishni davom ettirgan.

2023 yildan boshlab Ilmiy asbob-uskunalardan jamoaviy foydalanish markazida kichik ilmiy xodim sifatida faoliyat yuritmoqda. Ilmiy faoliyatining asosiy yo‘nalishlari atom qatlamli cho‘ktirish (ALD) usuli orqali nikel oksidi va metall nikel yupqa qatlamlari hamda nanozarrachalarini olish, uglerod nanotubkalarini sintez qilish, CVD jarayonlarida fosfor cho‘ktirish, monosilandan kremniy cho‘ktirish, titan oksidining yupqa qatlamlari va kobalt nanozarrachalarini olish bilan bog‘liq.

Zamonaviy ilmiy va texnologik uskunalarda ishlash tajribasiga ega, jumladan SENTECH SI 500 atom qatlamli cho‘ktirish tizimi, Renishaw inVia Raman Raman spektrometri hamda IK-Furye spektroskopiyasi uskunalari bilan ishlaydi. Ilmiy qiziqishlari yupqa qatlam texnologiyalari, nanomateriallar va materiallarga plazmali ishlov berish usullarini qamrab oladi.