• +998 71 262 31 69
  • info@iplt.uz
Ashurov Ilxomjon Xatam o‘g‘li
  • katta ilmiy xodim PhD
  • https://orcid.org/0000-0001-7218-5022

Ashurov Ilxomjon Xatam o‘g‘li. (O‘zbekiston) Fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), Nanomateriallar fizikasi va texnologiyasi ixtisosligi bo‘yicha mutaxassis. Ilmiy faoliyati asosan nanomateriallar va elektrokimyoviy energiya saqlash tizimlari sohasidagi tadqiqotlarga qaratilgan. Tadqiqotlarining asosiy yo‘nalishini yangi avlod akkumulyatorlari uchun grafen va boshqa uglerod asosidagi elektrod materiallari, ion-suyuqlik elektrolitlari hamda ularning elektrokimyoviy xossalarini o‘rganish tashkil etadi. Doktorlik tadqiqotlari doirasida alyuminiy ikki-ionli akkumulyatorlar uchun grafen va grafit asosidagi katod materiallari hamda xona haroratidagi ion-suyuqlik elektrolitlari tadqiq qilingan. Ilmiy faoliyati davomida XRD, Raman, SEM/EDS, CV va EIS kabi zamonaviy tahlil usullaridan foydalanib, elektrod materiallarining tuzilishi, morfologiyasi va elektrokimyoviy xossalarini o‘rganish tajribasiga ega. Shuningdek, akkumulyatorlarda kechadigan elektrokimyoviy va mexanik jarayonlarni COMSOL Multiphysics yordamida modellashtirish bo‘yicha tadqiqotlar olib borgan. Asosiy maqsadi — yangi avlod energiya saqlash tizimlari uchun samarali va barqaror elektrod materiallari hamda elektrolitlarni yaratishdan iborat.