• +998 71 262 31 69
  • info@iplt.uz
Radjabov Azim Sheraliyevich
  • katta ilmiy xodim
  • https://orcid.org/0000-0002-7407-5692
  • Radjabov Azim Sheraliyevich (O‘zbekiston) “Adsorbsion va emission hodisalar” laboratoriyalarida katta ilmiy xodim va mass-spektrometriya sohasi mutaxassisi hisoblanadi.

    U 2022-yilda Ion-plazma va lazer texnologiyalari institutida fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan.

    Uning ilmiy tadqiqotlari organik va bioorganik birikmalarning sirtiy ionlashuvi, termodesorbsiya, maydonli desorbsiya hamda kuchli elektr maydoni ta’siridagi sirtiy ionlashuv jarayonlarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Shuningdek, u sirtiy ionlashuv asosida yuqori sezgir va yuqori tanlovchan gaz-tahlil hamda mass-spektrometrik tizimlarni yaratish ustida ilmiy izlanishlar olib bormoqda.

    Radjabov Azim Sheraliyevich termodesorbsion sirtiy-ionlashuv spektrometriyasining kinetik nazariyasini ishlab chiqqan va ushbu metodning asosiy qonuniyatlarini eksperimental jihatdan tasdiqlagan.

    U 1 ta patent va Scopus, Web of Science bazalarida hamda mahalliy ilmiy jurnallarda chop etilgan 15 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi va hammuallifi hisoblanadi.