• +998 71 262 31 69
  • info@iplt.uz
Usmanov Dilshadbek Tursunbayevich
  • Fizika-matematika fanlari doktori (DSc)
  • : https://orcid.org/0000-0003-0734-8096
  • Fizika-matematika fanlari doktori (DSc) Usmanov Dilshadbek Tursunbayevich. U O‘zR FA U.A.Arifov nomidagi Ion-plazma va lazer texnologiyalari institutida (sobiq U.A.Arifov nomidagi Elektronika instituti) 2009-yilda fizika-matematika fanlari nomzodi, 2018-yilda fan doktori (DSc) ilmiy darajalarini olgan hamda 2022-yilda professor  unvonini olgan. Uning ilmiy tadqiqotlari organik va bioorganik birikmalar uchun atmosfera va vakuum sharoitida mass-spektrometrik ionlashish usullarini rivojlantirishga qaratilgan. Usmanov Dilshadbek Tursunbayevich Scopus ва Web of Science ilmiy bazalariga kiruvchi nufuzli ilmiy jurnallarda 60 dan ortiq ilmiy maqolalar va 2 ta patent muallifi hisoblanadi. Bundan tashqari, u ikkita doktorlik disertatsiyasiga (DSc) hamda 5 ta falsafa doktorlik disertatsiyalariga (PhD) muvofaqiyatli rahbarlik qilgan. U “Austin Biochemistry” jurnal tahririyat a’zosi sifatida ham faoliyat yuritib keladi. Usmanov Dilshadbek Tursunbayevich bir qancha xorijiy (CRFD, Intas-Uzbekistan, PCC) va mahalliy ilmiy loyihalarda tadqiqot rahbari va ishtirokchi sifatida ishtirok etgan va etib kelmoqda.