• +998 71 262 31 69
  • info@iplt.uz
Bozorova Dilbar Toshtemirovna
  • Katta ilmiy xodim
  • https://orcid.org/0000-0001-5525-2676

Dilbar Bozorova (Oʻzbekiston) Nanomateriallar fotonikasi va spektroskopiyasi laboratoriyasi katta ilmiy xodimi hamda institut Kasaba uyushmasi raisidir. 2024-yilda Vengriyaning Vigner fizika tadqiqot markazi (Wigner Research Centre for Physics) tarkibidagi Qattiq jismlar fizikasi va optika institutining Amaliy va nochiziqli optika bo‘limida ilmiy stajirovka oʻtagan. 2025-yilda fizika-matematika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan. Uning ilmiy tadqiqotlari yuqori samaradorlikka ega uglerod tarkibli funksional materiallarni sintez qilish, ularning fundamental fizik mexanizmlarini aniqlashga qaratilgan. U 2025–2027-yillarda bajarilishi moʻljallangan JICA xalqaro tashkilotining “Heteromolecular structures formation in aprotic and protic solutions” mavzusidagi Mirai Fund xalqaro granti loyihasi rahbari (Principal Investigator) sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. Ilmiy faoliyati davomida 25 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar chop ettirgan. 6 maqolasi Scopus va Web of Science bazasiga kiruvchi jurnallarda e’lon qilingan.