• +998 71 262 31 69
  • info@iplt.uz
Abdisaidov Ilyos Jo'rayevich
  • Katta ilmiy xodim PhD
  • https://orcid.org/0000000174731074

Ilyos Jo’rayevich Abdisaidov. 2025-yilda Ion-Plazma va Lazer Texnologiyalari Institutida fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan. Uning ilmiy faoliyati nanomateriallar va yangi funksional materiallar fizikasi hamda texnologiyalariga yo‘naltirilgan. Tadqiqot ishlari asosan metall va metall oksidi nanozarralarini zol-gel usulida sintez qilish, ularning fizik-kimyoviy xossalarini o‘rganish, kimyoviy bug‘ fazasida cho‘ktirish (Chemical Vapor Deposition, CVD) usuli orqali uglerod nanonaychalarini sintez qilish hamda ularni litiy-ion akkumulyatorlari uchun anod materiali sifatida qo‘llash masalalarini qamrab oladi. Shuningdek, yuqori samarali vodorod saqlash tizimlari uchun Ni nanozarralari bilan dekoratsiyalangan uglerod nanonaychalarini yaratish va ularning funksional xossalarini tadqiq etish bilan shug‘ullanadi. Ilmiy faoliyati davomida u zamonaviy tahlil usullari – XRD, FTIR, SEM, Raman spektroskopiyasi va TEM metodlaridan foydalangan holda sintez qilingan materiallarning strukturaviy, morfologik va fizik-kimyoviy xususiyatlarini chuqur tadqiq qilish tajribasiga ega. Ilyos Abdisaidov Scopus va Web of Science xalqaro ilmiy bazalarida indekslangan 10 ga yaqin ilmiy maqolalar muallifi hisoblanadi. Bundan tashqari, u 5 dan ortiq ilmiy-tadqiqot loyihalarida ijrochi va tadqiqotchi sifatida ishtirok etgan. Uning ilmiy faoliyatidagi asosiy maqsad qayta tiklanuvchi energiya manbalari, energiyani samarali saqlash texnologiyalari hamda yuqori texnologik yangi funksional materiallarni yaratishga qaratilgan.