Berdiyev Usmonjon Farmonovich. (Uzbekistan) Texnika fanlari doktori, PhD. lmiy faoliyati asosan nanotexnologiya, funksional materiallar va elektrokimyoviy energiya tizimlari sohasidagi tadqiqotlarga qaratilgan. Ilmiy ishlarida asosiy eʼtibor proton almashinuvchi nanokompozit polimer membranalarni sintez qilish va ularning fizik-kimyoviy hamda elektrokimyoviy xossalarini oʻrganishga yoʻnaltirilgan Soʻnggi yillarda gidrofob qoplamalar va gidrofob yuzalarni yaratish boʻyicha ham tadqiqot ishlari olib borib, zol–gel texnologiyasi asosida SiO₂ nanomateriallari yordamida yuqori gidrofoblikka ega qoplamalar sintez qilinmoqda. Ilmiy faoliyati davomida XRD, FTIR, SEM, Raman va EIS kabi zamonaviy tahlil usullaridan foydalanib, olingan materiallarning tuzilishi va xossalarini tadqiq qilish tajribasiga ega. Asosiy maqsadi — energetika va yuqori texnologiyali sohalar uchun samarali yangi funksional materiallar yaratishdan iborat.