Bunyod G’oipov (O‘zbekiston) PhD tadqiqotchisi. U 2022-yilda O’zbekiston Milliy Universitetida Lazer fizikasi yo‘nalishi bo‘yicha magistratura (M.Sc.) darajasini olgan. U 2025-yil yanvar oyida PhD ilmiy tadqiqotlarini boshlagan. Uning ilmiy tadqiqot yo‘nalishi Elektrokimyoviy razryadli ishlov berish usuli yordamida Ti-6Al-4V qotishmasi mikrokukunlarini olishga qaratilgan bo‘lib, asosiy ilmiy qiziqishlari zamonaviy materialshunoslik va additiv ishlab chiqarish texnologiyalarini qamrab oladi.