• +998 71 262 31 69
  • info@iplt.uz
Temur Turdaliyev
  • Katta ilmiy xodim, PhD
  • https://orcid.org/0000-0002-0732-9357
  • turdaliev@iplt.uz

01.04.12 – “Nanomateriallar fizikasi va texnologiyasi” ixtisosligi bo‘yicha fizika-matematika fanlari falsafa doktori (PhD), 2025-yil.

Ilmiy profillar:

Ilmiy tadqiqot yo‘nalishlari:

Ilmiy faoliyat nanomateriallar fizikasi va texnologiyasi, kondensatsiyalangan muhitlar fizikasi hamda yupqa qatlamli tuzilmalar materialshunosligi sohalari bilan bog‘liq. Asosiy e’tibor nanomateriallarning hosil bo‘lishi, o‘sishi va fazaviy o‘zgarishlarining fundamental qonuniyatlarini o‘rganishga, shuningdek sintez sharoitlari bilan materiallarning strukturasi, morfologiyasi, elektron va optik xossalari o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlashga qaratilgan. Tadqiqotlar ALD, PEALD, CVD, PECVD va PVD texnologiyalari yordamida funksional oksidli va yarimo‘tkazgichli nanotuzilmalarni shakllantirish jarayonlarini, shuningdek turli xil tagliklarda yupqa qatlamlarning nukleatsiyasi va o‘sish mexanizmlarini o‘rganishni qamrab oladi. TiO₂, ZnO, NiO, g‘ovak kremniy va boshqa funksional materiallar asosidagi nanotuzilmalar fotonika, optoelektronika, sensorika, fotokataliz hamda energetik qurilmalar uchun istiqbolli obyektlar sifatida alohida qiziqish uyg‘otadi. Tadqiqotlarning muhim qismi materiallarning atom va kristall tuzilishi, morfologiyasi hamda funksional xususiyatlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni aniqlashga bag‘ishlangan. Bu doirada kristallanish jarayonlari, fazaviy o‘tishlar, nuqsonlar hosil bo‘lishi, sirt va tashqi muhit o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirlar hamda nanomasshtab effektlarining optik, elektron va fotofizik xususiyatlarga ta’siri o‘rganiladi. Eksperimental tadqiqotlar sintez texnologiyalarini ishlab chiqish va optimallashtirish, yupqa qatlamli va nanotuzilmali materiallarni olish hamda modifikatsiya qilish, shuningdek ularning xususiyatlarini kompleks tahlil qilishni o‘z ichiga oladi. Bunda XRD, SEM, AFM, Raman, PL, spektroskopik ellipsometriya va boshqa zamonaviy tahlil usullaridan foydalaniladi.

Asosiy nashrlar:

  • T. K. Turdaliev, K. K. Zokhidov, S. C. Iskandarov  & U. F. Berdiyev (2025). Effect of Substrate Temperature on the Morphology and Crystallinity of TiO₂ Thin Films Grown by ALD Using TTIP and H₂O. East European Journal of Physics, (4), 449-453. https://doi.org/10.26565/2312-4334-2025-4-45
  • T. K. Turdaliev (2025). Optical Performance and Crystal Structure of TiO2 Thin Film on Glass Substrate Grown by Atomic Layer Deposition. East European Journal of Physics, (1), 250-255. https://doi.org/10.26565/2312-4334-2025-1-27
  • T.K. Turdaliev, K.B. Ashurov & R.K. Ashurov Morphology and Optical Characteristics of TiO2 Nanofilms Grown by Atomic-Layer Deposition on a Macroporous Silicon Substrate. J Appl Spectrosc 91, 769–774 (2024). https://doi.org/10.1007/s10812-024-01783-z
  • T.K. Turdaliev, R.K. Ashurov, K.K. Zokhidov et al. Growth and Optical Parameters of ZnO Films on Macroporous Silicon Obtained by Atomic Layer Deposition. Appl. Sol. Energy 60, 609–616 (2024). https://doi.org/10.3103/S0003701X24602448
  • T.K. Turdaliev, Kh.Kh. Zokhidov, F.I. Abdurakhmanov, A.A. Rakhimov, Kh.B. Ashurov. Phase Transition During Heat Treatment in TiO₂ Films Prepared by Atomic Layer Deposition. Physics of the Solid State, 2024, 66(7). DOI:10.61011/PSS.2024.07.58992.115

Patentlar:

  • Absolyut spirt olish uchun qurilma. O‘zbekiston Respublikasi patenti № FAP 01228, 12.07.2017.
  • Alkoksisilanlarning bevosita sintezi uchun reaktor. O‘zbekiston Respublikasi patenti № IAP 06099, 30.12.2019.
  • Vanadiy oqim akkumulyatorlari uchun korroziyaga chidamli elektrod ishlab chiqarish usuli. O‘zbekiston Respublikasi patenti № FAP 02314, 24.12.2021.
  • Gaz sensorlari uchun sezgir materialdan qoplama olish usuli. O‘zbekiston Respublikasi patenti № FAP 2698, 07.04.2025