Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi U.A. Arifov nomidagi Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti ilmiy laboratoriyasi mudiri, fizika-matematika fanlari doktori Vahobjon Quvondiqov Xitoy Xalq Respublikasining National Foreign Expert Project dasturi doirasida Tianjin universiteti Materialşunoslik va muhandislik maktabi bilan hamkorlikda amalga oşirilayotgan loyiha böyicha tanlov ğoliblaridan biri böldi.
2026-yil 25-oktabrdan 1-noyabrga qadar Vahobjon Quvondiqov Tianjin universitetida egiluvçan organik quyoş elementlari, ilğor fotoelektrik materiallar hamda ularning optoelektron xususiyatlarini örganişga qaratilgan ilmiy-tadqiqot işlarini olib bordi. Şuningdek, universitetning magistratura va PhD bosqiçi talabalari uchun ilmiy mashğulotlar taşkil etib, özining ilmiy tajribasi va tadqiqot natijalari bilan örtoqlaşdi.
Taşrif davomida olim Tianjin universitetida bölib ötgan The 1st China–Uzbekistan Forum on Advanced Materials and Technological Innovation forumida ilmiy ma’ruza bilan iştirok etdi. Forum doirasida ikki mamlakat olimlari örtasida materialşunoslik va zamonaviy fotoelektrik texnologiyalar sohasidagi ilmiy hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Taşrif va ilmiy hamkorlik natijasida Tianjin universiteti Materialşunoslik va muhandislik maktabi tomonidan Vahobjon Quvondiqovga Specially Invited Expert (Maxsus taklif etilgan ekspert) maqomi berildi hamda tegişli rasmiy sertifikat topşirildi.
Mazkur e’tirof Özbekistonlik olimning yuksak ilmiy salohiyati, xalqaro ilmiy hamkorlikdagi faol ishtiroki hamda zamonaviy materialşunoslik va fotoelektrik texnologiyalar sohasidagi tadqiqotlarining ahamiyati e’tirof etilganidan dalolat beradi.



