• +998 71 262 31 69
  • info@iplt.uz

Ilgʻor materiallarni modellashtirish laboratoriyasi

Laboratoriya mudiri:
Umedjon Xalilov Boymamatovich,
fizika-matematika fanlari Doktori (DSc)
e-mail: 

  1. Laboratoriya haqida
  • Missiya va strategik maqsadlar: Laboratoriya iqlim o‘zgarishi, energetika inqirozi hamda atrof-muhit bilan bog‘liq dolzarb muammolarni hal etishga qaratilgan ilg‘or materiallar prototiplarini yaratish va takomillashtirish maqsadida tashkil etilgan. Ushbu jarayon in silico modellashtirish hamda sun’iy intellekt usullarini kompleks integratsiya qilish asosida amalga oshiriladi.

Laboratoriyaning asosiy missiyasi - “yashil” va qayta tiklanuvchi energetika, shuningdek, zamonaviy yuqori texnologik sohalar uchun yangi avlod materiallarini innovatsion yondashuvlar asosida loyihalash orqali global ilm-fan taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishdan iborat.

Strategik maqsadlar doirasida yaqin istiqbolda yuqori samaradorlikka ega, iqtisodiy jihatdan maqbul hamda amaliy qo‘llash salohiyatiga ega istiqbolli materiallarni identifikatsiya qilish va ularning xossalarini chuqur o‘rganishga alohida e’tibor qaratiladi.

  • Metodologiya: Laboratoriyada materiallar xossalarini o‘rganishda klassik va reaktiv MD usullaridan foydalanishda katta tajriba to‘plangan. Hozirgi kunda bu yondashuvlar DFT asosidagi kvant-mexanik hisoblashlar hamda sun’iy intellekt vositalari, jumladan ML/DL usullari bilan boyitilgan holda qo‘llanilmoqda.
  1. Ilmiy yo‘nalishlar
  • Nanomateriallarni kompyuterda loyihalash va modellashtirish
  • “Yashil” energetika va energiya saqlash tizimlari uchun materiallar
  • Murakkab va tartibsiz strukturalarni ko‘p masshtabli modellashtirish
  • Materialshunoslikda sun’iy intellekt usullarini qo‘llash
  1. Infratuzilma va resurslar
  • HPC klasteri

Laboratoriya hisoblash tajribalarini olib borish uchun 79 ta hisoblash tugunidan iborat yuqori samarali hisoblash (HPC) klasteri bilan jihozlangan. HPC klasteri bajarilishi 2021-2026 yillarga mo‘ljallangan Innovatsion Rivojlanish Agentligi tomonidan moliyalashtirilgan F-FA-2021-512 fundamental loyiha doirasida tashkil etilgan. Klaster boshqaruv (master) tuguni va alohida ichki tarmoq (1 GbE) orqali tugunlarni birlashtirgan.

Umumiy hisoblash quvvati:

  • 1264 ta CPU yadrosi (Intel x86-64, har bir tugunda 8–16 yadro, hyper-threading bilan)
  • ~2528 GB operativ xotira (har bir tugunda 32–64 GB DDR4)
  • 14 ta NVIDIA GPU (GTX 1050 Ti, CUDA Compute Capability 6.1, sm_61) — GPU-ga moslashtirilgan paketlar uchun

Resurs boshqaruvi — SLURM. Klaster sanoat standarti bo‘lgan SLURM Workload Manager orqali boshqariladi. Foydalanuvchilar topshiriqlarini navbatga qo‘yishadi, tizim resurslarni avtomatik taqsimlaydi:

  • Bir nechta foydalanuvchi parallel ishlay oladi
  • CPU, GPU va xotira aniq taqsimlanadi

Veb portal — Open OnDemand

Klasterga masofadan turib brauzer orqali ham ulanib (https://hpc.istiqbol-luck.uz), quyidagi vazifalarni bajarish mumkin:

  • Fayllarni yuklash/yuklab olish
  • Topshiriqlarni navbatga qo‘yish va kuzatish
  • Shell terminal to‘g‘ridan-to‘g‘ri brauzerda
  • Interaktiv ilovalar (Jupyter, RStudio va boshqalar)

Monitoring. Klasterning real vaqtli yuklamasi va faolligini har kim ko‘ra oladi: https://hpc.istiqbol-luck.uz/monitoring (Grafana). CPU, RAM, tarmoq, GPU foydalanish darajasi va SLURM navbati holati shu yerda.

  • Dasturiy ta’minotlar

Klasterda quyidagi zamonaviy hisoblash paketlari oldindan o‘rnatilgan va barcha tugunlarda mavjud:

Kvant-mexanik (DFT/ab initio) paketlar

  • Quantum ESPRESSO 7.3 — plane-wave DFT, molekulyar dinamika (MD) va fonon hisoblari (pw.x, ph.x va h.k.)
  • CASTEP 23.1 — DFT, NMR, spektroskopiya hisoblari (MPI parallel)
  • DFTB+ 25.1 — taxminiy DFT usuli, katta tizimlar uchun tezkor hisoblashlar
  • ORCA 6.1.1 — kvant-kimyoviy hisoblashlar (DFT, post-HF, TDDFT, CASSCF) va Molekulyar dinamika (MD)
  • LAMMPS — klassik MD, ReaxFF reaktiv MD, GPU+CPU hisoblashlari (Kokkos backend, CUDA sm_61)
  • GROMACS 2024.4 — biomolekulyar MD, GPU bilan tezlashtirilgan, MPI+OpenMP
  • GPUMD 5.3 — GPU’da ishlovchi MD dasturi, MD, NEP (Neuroevolution Potential) mashinaviy o‘qitish potensiallarini qo‘llab-quvvatlaydi

Enhanced sampling / metadinamika

  • PLUMED 2.9.3 — metadinamika va erkin energiya hisoblari uchun, GPUMD bilan integratsiyalashgan

Python / Machine Learning Ekotizimi

  • Python 3.x, NumPy, SciPy, Matplotlib
  • PyTorch, TensorFlow, scikit-learn (foydalanuvchi muhitida)
  • ASE (Atomic Simulation Environment), Pymatgen kabi materialshunoslik kutubxonalari
  • Jupyter Notebook/ JupyterLab (veb portal orqali interaktiv)

Kompilyatorlar va kutubxonalar

  • GCC, gfortran, OpenMPI, FFTW, BLAS/LAPACK, OpenBLAS, ScaLAPACK
  • CUDA 12.6, cuDNN (GPU dasturlash uchun)

 

  1. Loyihalar va nashrlar
  • Joriy loyihalar: Istiqbolli nanoqurilmalar uchun uglerod nanostrukturalarining selektiv sintezi (fundamental loyiha, F-FA-2021-512, 2021–2026).
  • Tanlangan nashrlar
  • Khalilov, A. Bogaerts, E. C. Neyts, Atomic scale simulation of carbon nanotube nucleation from hydrocarbon precursors. Nat. Commun. 6, 10306 (2015). https://doi.org/10.1038/ncomms10306
  • Khalilov, G. Pourtois, A. C. T. van Duin, E. C. Neyts, Toward the Understanding of Selective Si Nano-Oxidation by Atomic Scale Simulations. Accounts of Chemical Research 50, 796–804 (2017). https://doi.org/10.1021/acs.accounts.6b00564
  • Khalilov, E. C. Neyts, Mechanisms of selective nanocarbon synthesis inside carbon nanotubes. Carbon 171, 72–78 (2021). https://doi.org/10.1016/j.carbon.2020.08.060
  • Uljayev, F. Turaev, A. Ulukmuradov, K. Mekhmonov, U. Khalilov, Can endohedral transition metals enhance hydrogen storage in carbon nanotubes? International Journal of Hydrogen Energy 55, 604–610 (2024). https://doi.org/10.1016/j.ijhydene.2023.11.195
  • Khalilov, A. Bogaerts, B. Xu, T. Kato, T. Kaneko, E. C. Neyts, How the alignment of adsorbed ortho H pairs determines the onset of selective carbon nanotube etching. Nanoscale 9, 1653–1661 (2017). https://doi.org/10.1039/C6NR08005G
  1. Ilmiy hamkorlar
    • Xorijiy hamkorlar
    • Antverpen universiteti – PLASMANT & MOSAIC (Belgiya)
    • Orlean universiteti – GREMI (Fransiya)
    • Dalian Texnologiya universiteti – Ilg‘or plazma fanlari bo‘yicha qo‘shma laboratoriya (Xitoy)
    • Xarbin Texnologiya instituti (Xitoy)
    • Tehron universiteti (Eron)
    • Istanbul Texnika universiteti (Turkiya)
    • Abdus Salam nomidagi Xalqaro nazariy fizika markazi (ICTP) (Italiya)
    • Qozog‘iston–Britaniya Texnik universiteti (Qozog‘iston)
    • Metallarning superplastiklik muammolari instituti (Rossiya)
    • Quddus Ibroniy universiteti (Isroil)
    • Qatar atrof-muhit va energetika tadqiqot instituti, Hamad bin Xalifa universiteti (Qatar)
    • Mahalliy hamkorlar
    • Umumiy va noorganik kimyo instituti (O‘z R FA)
    • Materialshunoslik instituti (O‘z R FA)
    • O‘zbekiston Milliy universiteti
    • TIQXMMI Milliy tadqiqot universiteti
    • Toshkent davlat texnika universiteti
    • Samarqand davlat universiteti
    • Samarqand davlat universitetining Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti (ilmiy laboratoriya)
    • Namangan davlat universiteti
    • Termiz davlat universiteti
    • Buxoro davlat universiteti
    • Namangan muhandislik-qurilish instituti
    • Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti
    • Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
    • Farg‘ona politexnika instituti
    • Qarshi davlat universiteti

    6. Tadbirlar & Mass-Media

    • Kelgusi tadbirlar
    School on Materials Modeling and Simulation: DFT, MD and ML Approaches. 2026 yil oktyabr oyida Termiz davlat universiteti bilan hamkorlikda Abdus Salam nomidagi Xalqaro nazariy fizika markazi (ICTP) ning “Physics Without Frontiers: Uzbekistan” dasturi doirasidagi “School on Materials Modeling and Simulation: DFT and Molecular Dynamics Approaches” xalqaro ilmiy maktab-seminarini o‘tkazish rejalashtirilgan; unda O‘zbekiston, Markaziy Osiyo mamlakatlari va Afg‘onistondan yosh tadqiqotchilar ishtiroki ko‘zda tutilgan.
  • Tadbirlar arxivi
  • School on Materials Modeling and Simulation: DFT and MD Approaches. https://indico.ictp.it/event/11109 2025 yil 6–11 oktyabr kunlari Namangan davlat universitetida Abdus Salam nomidagi Xalqaro nazariy fizika markazi (ICTP) ning “Physics Without Frontiers: Uzbekistan” dasturi doirasida “School on Materials Modeling and Simulation: DFT and Molecular Dynamics Approaches” xalqaro ilmiy maktab-seminari o‘tkazildi. Tadbirda DFT va molekulyar dinamika sohalarida yetakchi xorijiy olimlar (Tehran University, Isfahan University of Technology va boshqalar) ishtirok etib, ma’ruzalar o‘qish bilan birga nazariy va amaliy treninglarni ham olib bordilar. Ushbu maktab O‘zbekistonda mazkur yo‘nalishdagi ilk yirik ilmiy tadbirlardan biri bo‘lib, laboratoriyalararo hamkorlik asosida Markaziy Osiyoda kompyuter modellashtirish bo‘yicha ilmiy markaz yaratish strategiyasining muhim amaliy bosqichi sifatida baholanadi.

 

  • Xalqaro seminar-trening “Innovatsion ilmiy tadqiqotlarda kompyuter eksperimentidan foydalanish istiqbollari”. Fundamental loyiha F-FA-2021-512 doirasida 2022 yil 28 fevral kuni tashkil etilgan seminar-trening bo‘lib, unda kompyuterda modellashtirish va hisoblash eksperimentlari imkoniyatlari yoritildi. Tadbirda Antverpen universiteti (Belgiya), Hamad Bin Khalifa University (Qatar), Sharif University of Technology (Eron), Federal University of ABC (Braziliya) hamda O‘zbekiston FA institutlaridan xorijiy va mahalliy olimlar ishtirok etdi. Seminar ingliz tilida, gibrid (onlayn va oflayn) formatda o‘tkazildi.
  • HPC klasteri bo‘yicha mahorat darslari. Belgiyalik bosh mutaxassis Karel Venken ishtirokida 2022 yil 1–4 mart kunlari HPC klasterini o‘rnatish va undan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Mashg‘ulotlar natijasida 32 tugundan iborat HPC klasteri ishga tushirildi hamda foydalanuvchilarga klasterga ulanish va hisoblash vazifalarini yuborish bo’yicha ko‘nikmalar berildi.
  • O‘quv materiallari
  • “Fizik jarayonlarni modellashtirish” (ma’ruzalar) bo‘yicha o‘quv qo‘llanma
  • “Fizik jarayonlarni modellashtirish” (amaliy mashg‘ulotlar) bo’yicha o‘quv qo‘llanma
  • Mass-media
  • O‘zbekiston 24 – Motivatsiya https://youtu.be/o-vaE5GRlhw
  • RTV – 7Xabar https://www.youtube.com/watch?v=dVQjzjK04I0
  • O‘zbekiston 24 – Dissertatsiyasiz himoya https://www.youtube.com/watch?v=supoFOiHBxY
  • uz ning «Ilm-fan suhbatlari» rukni https://kun.uz/78486387?fbclid=IwAR16Sz7JuOWSRGUVZCQ52SuQrhSC-4o8luGZzLkHKnKayNEpt2wB4FgaW5g

Fancast #02 https://www.youtube.com/watch?v=cr9UTz9N_Nk

ОСНОВНЫЕ ПУБЛИКАЦИИ

лаборатории моделирования физических процессов

  1. K.I. Jabborov, A.N. Ulukmuradov, I.D. Yadgarov, N.I. Ibrokhimov Effect of hydrogenation of carbon atom on its deposition on graphene // Letters on materials, Vol. 12 No 2, pp.27-31 (5pp) 2022   DOI: https://doi.org/10.22226/2410-3535-2022-1-27-31
  2. Arkadiy S. Baltenkov and Igor Woiciechowski  Wigner time delay of particles elastically scattered by a cluster of zero-range potentials // Phys. Rev. A 105(1), 012807, 2022. https://doi.org/10.1103/PhysRevA.105.012807
  3. A.S. Baltenkov  and I. Woiciechowski  Interference Phenomenon in Electron-Molecule Collisions.  Atoms 2022, 10 (4),105. https://doi.org/10.3390/atoms10040105
  4. D. Alyabev, I. Yadgarov, Galiakhmetova L. Simulation of scattering process of nitrogen atoms on C60 fullerenes //AIP Conference Proceedings 2533, 020030 (2022)  https://doi.org/10.1063/5.0098938
  5. A. Ulukmuradov, I. Yadgarov, V. Stelmakh, F. Umarov Computer Simulation of Adsorption of Fullerene on Graphene // Journal of Nano- and Electronic Physics, Vol. 13 No 2, 02025 (5pp) (2021) №3.  DOI: https://doi.org/10.21272/jnep.13(2).02025
  6. Miron Ya. Amusia, Arkadiy S. Baltenkov and Igor Woiciechowski  Time Delay in Electron Collision with a Spherical Target as a Function of the Scattering Angle //Atoms 2021, 9, 105. DOI: https://doi.org/10.3390/atoms9040105
  7. Miron Ya. Amusia and Arkadiy S Baltenkov Elastic scattering of slow electrons by carbon nanotubes //Journal of Physics B: Atomic,  Molecular and Optical Physics. Accepted Manuscript online 23 November 2021. DOI: https://doi.org/10.1088/1361-6455/ac3c94
  8. M.Ya. Amusia, A.S. Baltenkov, L.V. Chernysheva, “Modification of endohedral     potential after instant ionization of the inner atom”, JETP Letters, 111, 12 (2020).
  9. M. Ya. Amusia, A. S. Baltenkov, "Viscous Motion of Spherical Nanoparticles that Scatter Laser Radiation in the Rayleigh Regime”, JETP Letters, 111, 536 (2020).
  10. M.Ya. Amusia, A.S. Baltenkov. “Вигнеровские времена задержки медленных электронов двухатомной молекулой, моделируемой парой не пересекающихся атомных потенциалов” JETP, (2020), 158, вып. 5, (11), стр.812-820
  11. D.V. Alyabev,  I.D. Yadgarov,  M.Sh. Kurbanov, A.N. Ulukmuradov, V.G. Stelmax  «Simulation of the processes of carbon atom and nanographene interaction with a molecule of fullerene C60» Journal of physics conference series 2020.
  12. M.Ya. Amusia and A.S. Baltenkov, “Time delay in electron-C60 elastic scattering in a Dirac bubble potential model”, J. Phys. B: At. Mol. Opt. Phys. 52, 015101 (2019).
  13. M. Ya. Amusia and A. S. Baltenkov, “Peculiarities of Wigner times delay in slow elastic electron scattering by potential well with arising discrete levels”, JETP Letters, 109, 507 (2019).
  14. М.Я. Амусья,  A.С. Балтенков  «Особенности Вигнеровских времен задержки медленных электронов потенциальной ямой с появляющимися в ней дискретными уровнями».  Письма в ЖЭТФ, том 109, вып. 8, С. 516 – 520. (2019).
  15. В.Г. Стельмах, И.Д. Ядгаров. «Стабильные углеродные структуры: фуллерен + Cn + графен, где Cn — линейный кластер». Письма о материалах, Т.9,  №3. С.344-348.  (2019).
  16. Н.А. Сайфуллаева, Х.И. Жабборов, , В.Г. Стельмах, И.Д. Ядгаров  «Компьютерное моделирование влияния гидрирования атома углерода при его осаждении на графен»,  УзФЖ, 21 107 (2019).
  17. A.S. Baltenkov and A.Z. Msezane «Huygens-Fresnel picture for electron-molecule elastic scattering», European Physics Journal D vol. 71 305 (2017).
  18. A.S. Baltenkov, S.T. Manson and A.Z. Msezane «Interference in Electron-Molecule Elastic scattering», Journal of Physics B vol. 51  205101 (2018) статья опубликована on-line: Baltenkov et al 2018 J. Phys. B: At. Mol. Opt. Phys. https://doi.org/10.1088/1361-6455/aae023