Missiya va strategik maqsadlar
“Nanomateriallar fotonikasi va spektroskopiyasi” laboratoriyasi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi U.A. Arifov nomidagi Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti tarkibida faoliyat yuritadi. Ushbu laboratoriya nanomateriallar va gibrid nanotuzilmalardagi optic va fotofizik jarayonlarni chuqur tadqiq qilish, zamonaviy metodlar asosida yangi funksional nanomateriallar yaratish hamda ularni fotonika, sensor texnologiyalari va nanotexnologiya sohalarida qoʻllashga qaratilgan raqobatbardosh ilmiy yoʻnalishni shakllantirish maqsadida tashkil etilgan.
“Nanomateriallar fotonikasi va spektroskopiyasi” laboratoriyasining asosiy missiyasi - nanomateriallar va gibrid nanotuzilmalarda kechadigan optik, fotofizik hamda spektroskopik jarayonlarning fundamental qonuniyatlarini chuqur tadqiq etish, zamonaviy eksperimental va analitik metodlar asosida yangi funksional nanomateriallarni yaratish hamda ularning fotonika, sensor texnologiyalari, optoelektronika va nanotexnologiya sohalarida qo‘llanilishi uchun ilmiy asoslarni shakllantirishdan iborat.
Bizning strategik maqsadlarimiz quyidagilardan iborat:
- Nanomateriallar va gibrid nanotuzilmalarning fundamental fizik xossalarini (optik, elektron, fotofizik, morfologik va b.) tadqiq etish;
- Yangi funksional nanomateriallar (uglerodli, polimerli, metall-nanozarracha va gibrid nanokompozit materiallar asosida) yaratishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish;
- Nanotizimlarda o‘z-o‘zidan tashkillanish jarayonlarini chuqur o‘rganish;
- Plazmonik va fotonik gibrid nanotizimlar yaratish uchun ilmiy-amaliy ishlab chiqish;
- Zamonaviy spektroskopik va optik diagnostika metodlarini rivojlantirish;
- Yosh ilmiy kadrlar tayyorlash va ilmiy maktabni rivojlantirish;
- Xalqaro ilmiy hamkorlikni kengaytirish.
- Ilmiy tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy etish, innovasion ishlanmalarni tijoratlashtirish va davlat hamda xalqaro ilmiy-texnik loyihalarda faol ishtirok etish.
Metodologiya
Laboratoriya tadqiqotlari asosan quyidagi ilmiy tajribaviy yondoshuv va uslublarga asoslangan:
- UV–Vis optik yutilish spektroskopiyasi.
- Raman spektroskopiyasi.
- Fotoluminesans spektroskopiyasi.
- Infraqizil spektroskopiya — FTIR tahlil.
- Yorug‘likning dinamik sochilishi — DLS usuli.
-
- Zichlikni o‘lchash – densitometriya.
- Optik mikroskopiya.
- Yupqa qatlamlar olish usullari: termik bug‘latish, tomchi tomizish, spray-coating, spin-coating.
- Eritma fazasida nanostrukturalar sintezi.
Xodimlar tarkibi
“Nanomateriallar fotonikasi va spektroskopiyasi” laboratoriyasi jamoasi 7 ta ilmiy xodimni o‘z ichiga oladi, o‘rtacha yoshi - 41 yosh bo’lib, shundan 2 nafari fan doktori (DSc) va 3 nafari PhD. Bundan tashqari, jamoada ilmiy tadqiqot olib borayotgan tayanch doktorantlar (2 ta) va magistratura talabalari (6 ta) ham faoliyat olib borishadi.
. Ilmiy yo‘nalishlar
Laboratoriya bir-biri bilan uzviy bog‘langan quyidagi asosiy ilmiy yo‘nalishda faoliyat olib boradi:
- Ko‘p komponentli eritma muhitlarida nanostrukturalarning shakllanishi, agregatsiyalanishi, barqarorlashuvi hamda o‘z-o‘zidan tashkillanish jarayonlarini boshqaruvchi fizik-kimyoviy mexanizmlarni aniqlash va maqsadli nazorat qilish;
- Nanomateriallar va gibrid nanotuzilmalarda yuzaga keladigan optik, fotonik hamda fotofizik jarayonlarning fundamental qonuniyatlarini kompleks tadqiq etish;
- Uglerodli nanomateriallar, metall nanozarrachalar, yarimo‘tkazgich nanostrukturalar va polimerlar asosida funksional gibrid nanomateriallar hamda nanokompozit tizimlarni sintez qilish, ularning strukturaviy va fizik xossalarini boshqarish;
- Yuqori optik sezgirlik, fotonik faollik va sensor javobga ega funksional nanomateriallar hamda gibrid nanotuzilmalarni yaratish, shuningdek, ularning sezgirlik mexanizmlarini ilmiy asosda tadqiq etish.
3. Infratuzilma va resurslar (Facilities)
Eksperimental jihozlar
4. Loyihalar va nashrlar (Projects & Publications)
Laboratoriyada amalga oshirilayotgan loyihalar
|
Loyiha raqami
|
Mavzu
|
Davri
|
Turi
|
|
FL-8323102108-
|
“Uglerod asosidagi funktsional nanomateriallar sintezi va modifikatsiyasi, ularning atom zarralari bilan o‘zaro ta'sir jarayonlarini tadqiq etish”
|
2024–2028
|
Fundamental loyiha
|
Oxirgi yillarda chop etilgan tanlangan maqolalar
- K. Makhmanov, Xiaohong Jiang, Jiazhi Yang, A.M. Kokhkharov, S.A. Bakhramov, E.A. Tursunkulov. Non-Covalent Polymer–Fullerene Interactions and Their Influence on the Optical Properties of C70 in Polystyrene Matrices // Fullerenes, Nanotubes and Carbon Nanostructures, Volume 34, pp. 1–7 (2026). https://doi.org/10.1080/1536383X.2026.2617951
- Li, Y. Xu, C. Chen, S. Xing, Z. Yan, U.K. Makhmanov, W. Li, J. Yang, X. Jiang. Bio-Templated Graphitic Carbon Architectures Enable High-Rate and Durable LiFePO4 Cathodes for Sustainable Lithium-Ion Batteries // Chinese Journal of Chemical Engineering, Vol. 91, рр.340-349 (2026). https://doi.org/10.1016/j.cjche.2025.11.012
- Chen, S. Xing, J. Yu, Keneshbekova A., S. Wang, A.V. Rogachev, U.K. Makhmanov, W. Li, J. Yang, X. Jiang. A density functional theory-driven multifunctional design of metal-organic framework decorated glass fiber filters for efficient air purification // Journal of Colloid and Interface Science, Vol. 708, pp. 139833 (2026) https://doi.org/10.1016/j.jcis.2026.139833
- G.Liu, A. Keneshbekova, T.A. Chuliev, J. Yang, U.K. Makhmanov, X. The influence of solvents on the formation of one-dimensional fullerene (C60) nanowhiskers // Fullerenes, Nanotubes and Carbon Nanostructures, Volume 34, Issue 5, pp. 411–420. (2025). https://doi.org/10.1080/1536383X.2025.2561074
- У.К. Махманов, X. Jiang, Б.А. Аслонов, Э.А. Турсункулов. Особенности взаимодействия в растворах полистирола и фуллерена С70 // Горение и плазмохимия, T. 23, CC.123–136 (2025). https://doi.org/10.18321/cpc23(2)123-136
- K. Makhmanov, A.M. Kokhkharov, S.A. Bakhramov, A.X. Shukurov, S.A. Esanov, Z. Bekmurodov, K.N. Musurmonov. Peculiarities of C70 fullerene in a binary mixture of xylene and tetrahydrofuran // Romanian Journal of Physics, Vol. 70, pp. 617-624 (2025). https://doi.org/10.59277/RomJPhys.2025.70.617
- Ding, B. Tang, G. Yu, N. Lu, D. Liu, D. Han, U.K. Makhmanov, X. Bao, M. Sun. Liquid Crystalline Benzodithiophene Photovoltaic Donors Thermal Properties Modulation by Side-Chain/Terminal-Alkyl-Group Engineering // The Journal of Physical Chemistry C, Vol. 129 (9), pp. 4345-4353 (2025). https://doi.org/10.1021/acs.jpcc.4c07306
- Wang, D. Wang, J. Lv, F. Li, T. Zhuang, A. Saparbaev, U.K. Makhmanov, M. Sun. All Organic Bulk Heterojunction Antibacterial Nanoparticles Prepared by Conjugated Donor Polymer and ITIC Acceptor // Macromolecular Chemistry and Physics, pp. 2400504-2400514 (2025) https://doi.org/10.1002/macp.202400504
- Gao, K.A. Sakhovsky, S. Jiang, S.Y. Chepkasov, X. Jiang, A.S. Rudenkov, U.K. Makhmanov, D.G. Piliptsou, A.V. Rogachev. Features of the Structure and Properties of the ta-C Coatings Deposited from Filtered Flows of the Pulsed Cathodic-Arc Discharge // Eurasian Chemico-Technological Journal, Vol. 27(2), pp.89–100 (2025). https://doi.org/10.18321/ectj1657
- Bozorova, S. Gofurov, M. Ziyayev, A. Kokhkharov, Z. Kadirova, O. Abdiraimova, O. Ismailova. Heteremolecular structure formation in binary solutions of dimethylformamide-water and tetrahydrofuran-water: FTIR and refractometry // Latvian journal of physics and technical sciences, Nо.4., рр. 14-28 (2025). https://doi.org/10.2478/lpts-2025-0026
- Andzane, E. Spalva, U.K. Maxmanov, K. Niherysh, L. Bugovecka, D. Erts. Analysis of Impact of C60 Fullerenes on Room-Temperature Seebeck Coefficient and Magnetotransport Properties of Flexible Thermoelectric Bi2Se3-C60-MWCNT Heterostructures // ACS Applied Nano Materials, Vol. 8 (15), pp. 7563–7573 (2025). https://doi.org/10.1021/acsanm.4c06721
- K. Makhmanov, S.A. Esanov, B.A. Aslonov, T.A. Chuliev. Stability of self-organization of C60 fullerene molecules in xylene/ethanol and xylene/ethanol/water mixtures // Advances in Natural Sciences: Nanoscience and Nanotechnology (Adv. Nat. Sci: Nanosci. Nanotechnol.), Vol. 16, No.2, pp. 025010-025016 (2025). https://doi.org/10.1088/2043-6262/adc4c6
- N Olimov, T.M. Razykov, K.M. Kuchkarov, B.A Ergashev, A.X Shukurov, U.K. Makhmanov, A.A. Mavlonov. Fabrication process analysis on Sb2(SxSe1-x)3-based material properties and solar cell performance via machine learning // Thin Solid Films, 2025, 140660. https://doi.org/10.1016/j.tsf.2025.140660
- K. Makhmanov, B.A. Aslonov, S.A. Esanov, A. Shukurov, T.A. Chuliyev. Controlled Synthesis of C70 Fullerene Micro/Nanotubes // Romanian Journal of Physics, Vol. 69, No. 7-8, pp. 615 (1-9) (2024). https://doi.org/10.59277/RomJPhys.2024.69.615
- Kang X., Bi F., Adeoba A., Makhmanov Urol, Sun M., Bao X. Profound Influences of Two-dimensional Side Chains Regional Transfer on Crystallinity and Photovoltaic Performance of Donor Polymers // Macromolecules, Vol. 57, No.16, pp. 7820–7829 (2024). https://doi.org/10.1021/acs.macromol.4c00968
- K. Makhmanov, S.A. Esanov, B.A. Aslonov, M. Sun, T.A. Chuliev, D.B. Yusupov, S.A. Bakhramov, A.M. Kokhkharov. Self-organization of C60 fullerene molecules in xylene/ethanol mixtures // Fullerenes, Nanotubes and Carbon Nanostructures, Volume 32, Issue 12, pp. 1115-1120 (2024). https//doi.org/10.1080/1536383X.2024.2374811
- K. Makhmanov, S.A. Esanov, B.A. Aslonov, Z. Bekmurodov, K.N. Musurmonov, A. Shukurov, A.M. Kokhkharov. Controlling the size of C70 fullerene whiskers by evaporation of solution droplets // Romanian Journal of Physics, 2023, Vol. 68, No. 7-8, pp. 616 (1-9). https://doi.org/10.59277/RomJPhys.2023.68.616
- Bakhramov S.A., Makhmanov U.K., Aslonov B.A. The Synthesis of C70 Fullerene Nanowhiskers Using the Evaporating Drop Method. Condensed Matter, Vol.8, No.3, pp. 62-71 (2023). https://doi.org/10.3390/condmat8030062
- Makhmanov U.K., Esanov S.A., Sidigaliyev D.T., Musurmonov K.N., Aslonov B.A., Chuliev T.A. Behavior of C70 Fullerene in a Binary Mixture of Xylene and Tetrahydrofuran // Liquids, 2023, 3(3), pp.385-392. https://doi.org/10.3390/liquids3030023
- K. Makhmanov, A.M. Kokhkharov, S.A. Bakhramov, S.A. Esanov, D. Erts. Self-assembly of C60 fullerene molecules in the hexane–xylene solvent system // Fullerenes, Nanotubes and Carbon Nanostructures, 2022, Vol. 30, No. 1, pages 80-84. https://doi.org/10.1080/1536383X.2021.1992390
- K. Makhmanov, A.M. Kokhkharov, S.A. Bakhramov, S.A. Esanov. Synthesis of fullerene C60 nanotubes in the volume of an evaporating drop of colloidal solution // Romanian Journal of Physics, 2022, Vol. 67, No. 1-2, pp. 601 (1-9).
- Makhmanov U.K. Refractive and Electrophysical Properties of Dispersed Solutions of Fullerene C60 in Binary Solvents // Journal of Engineering Physics and Thermophysics (J Eng Phys Thermophy), 2022, Vol. 95, No. 2, pp. 527-532. https://doi.org/10.1007/s10891-022-02508-9
- T. Bozorova, Sh. P. Gofurov, A. M. Kokhkharov, O. B. Ismailova. Terahertz spectroscopy of aqueous solutions of acetic acid // Journal of Applied Spectroscopy, Vol. 88, No. 4, рр. 719-722 (2021). https://doi.org/10.1007/s10812-021-01230-3
- K. Makhmanov, A.M. Kokhkharov, S.A. Bakhramov, D. Erts. The formation of self-assembled structures of C60 in solution and in the volume of an evaporating drop of a colloidal solution // Lithuanian Journal of Physics, 2020, Vol. 60, No. 3, pp. 194–204. https://doi.org/10.3952/physics.v60i3.4306
Oxirgi yillarda himoya qilingan dissertatsiyalar
- 2021 — U.K. Makhmanov, DSc: « С60, С70 органик макромолекулалари ҳамда углеродли нанотрубкаларнинг эритмаларда ва буғланаётган томчилар ҳажмида ўз-ўзидан ташкилланиш механизмлари»;
- 2023—-A.X. Shukurov, PhD: "Sb2Se3 va CdS1-xTex yupqa qatlamlarining strukturaviy, morfologik, optik va elektrofizik xossalari"
- 2024 — Sh.A. Esanov, PhD: «Barqaror fullerenlarning molekulyar-kolloid eritmalarini tadqiq qilish: optik va strukturaviy xususiyatlari»;
- 2025 — D.T. Bozorova, PhD: «Ba’zi protonli va aproton erituvchilarda strukturaviy o‘zgarishlarning optik xususiyatlari»;
- 2025 — A.N. Olimov, PhD: «Sb2(SxSe1-x)3 yupqa qatlamlarini olish va fizik xususiyatlarini mukammlar tadqiq qilish»;
Undan tashqari so‘nggi yillar ichida laboratoriya bazasida 15 dan ortiq magistrlik dissertatsiyalari himoya qilindi.
5. Hamkorliklar (Collaborations)
“Nanomateriallar fotonikasi va spektroskopiyasi” laboratoriyasi xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratib, Xitoy, Latviya, Turkiya, Rossiya, Belarus, Qozog‘iston va Ozarbayjon davlatlarining yetakchi olimlari hamda ilmiy markazlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan. Ushbu hamkorliklar laboratoriyaning ilmiy salohiyatini oshirish, zamonaviy tadqiqot metodlarini joriy etish, qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish, yuqori reytingli xalqaro jurnallarda maqolalar chop etish hamda yosh tadqiqotchilarning ilmiy tajribasini kengaytirishga xizmat qilmoqda. Laboratoriya Nankin fan va texnologiya universitetining Kimyo va kimyo muhandisligi maktabi (Nanjing University of Science & Technology, School of Chemistry and Chemical Engineering), Latviya universiteti Kimyoviy fizika instituti (The Institute of Chemical Physics of the University of Latvia, Riga, Latvia), Ozarbayjon Milliy Fanlar akademiyasi Kataliz va noorganik kimyo instituti, Al-Farobiy nomidagi Qozoq Milliy universiteti, Berlindagi Kolloidlar instituti, Taras Shevchenko nomidagi Kiyev Milliy universitetining Fizika instituti hamda Belarus Milliy Fanlar akademiyasining B.I. Stepanov nomidagi Fizika instituti bilan keng ilmiy hamkorlikni amalga oshirmoqda.
O‘tgan yil davomida laboratoriya xodimlari Nankin fan va texnologiya universitetida xizmat safarida bo‘lib, hamkorlikdagi tadqiqotlarning dolzarb yo‘nalishlari, qo‘shma ilmiy maqolalar tayyorlash, tajriba almashish va keyingi bosqichdagi ilmiy loyihalarni rivojlantirish masalalari hal etilgan. Latviya universiteti bilan ham bir necha yillardan buyon izchil ilmiy hamkorlik davom etib kelmoqda. Mazkur hamkorliklar doirasida nanomateriallarning optik, fotofizik va spektroskopik xossalarini tadqiq qilish, qo‘shma ilmiy natijalarni xalqaro miqyosda e’lon qilish hamda laboratoriyalararo tajriba almashish ishlari olib borilmoqda.
Mahalliy OTMlar bilan integratsiya
- Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti (O‘zMU/NUUz);
- Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universiteti (SamDU);
- Termiz davlat universiteti (TerDU);
- Qarshi davlat universiteti (QarDU).
- Namangan davlat universiteti (NamDU).
Ilmiy stajirovkalari va xalqaro faoliyat
Ishtirok etilgan asosiy xalqaro tadbirlar
- “1st International Workshop on Advanced Materials, Propulsion and Combustion Science” — Nanjing University of Science & Technologyda, Xitoy, 22–27 sentyabr, 2025. Ma’ruzachi: U.K. Maxmanov.
- “XVI International Symposium on “Combustion and Plasma Chemistry. Physics and Chemistry of Carbon and Nanoenergetic Materials” — Al-Farabi Kazakh National University, Qozog’iston, 3 oktyabr 2025. Ma’ruzachi: U.K. Maxmanov.
- IX International Scientific Conference on "Modern Problems of Physics — Tojikiston (Dushanbe), 2024
- 2024 International Nano-structured Energetic Materials Workshop — Xitoy (Nankin), 2024