• +998 71 262 31 69
  • info@iplt.uz

Kondensirlangan muhitlar optikasi

Laboratoriya mudiri:
Quvondiqov Vahobjon Ortiqovich
f.-m.f.d., kat.i.x.
e-mail: kuvondikov@iplt.uz

Laboratoriyaning ilmiy yo'nalishlari:

  • PM6 donor va fullerensiz akseptorlar asosidagi organik quyosh elementlari faol qatlamlarning agregatsiyalanish hamda kristallanish xususiyatlarini tadqiq qilish.
  • Kam uglerodli aqlli qishloq xo‘jaligi uchun yuqori samarali yarim shaffof organik fotovoltaik elementlar.
  • Nurlanish spektrining ko‘zga ko‘rinuvchi sohasida endogen va ekzogen fotosensibilizatorlarni qo‘zg‘atish hisobiga antimikrob ta’sirini kuchaytirish.
  • Perovskit quyosh elementlarining optik, morfologik va fotoelektrik xususiyatlari, hamda ulardagi degradatsiya mexanizmlarini tadqiq qilish.
  • Organik quyosh elementlarida yorug‘lik yutilishi, zaryadlar tashilishi va degradatsiya jarayonlari

“Kondensirlangan muhitlar optikasi” laboratoriyasi

 O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti (IPLT)ning “Kondensirlangan muhitlar optikasi” laboratoriyasi lazer fizikasi, spektroskopiya, lazer nurlanishining biomolekulalar bilan o‘zaro ta’siri hamda ular asosida ilmiy asbob-uskunalar va qurilmalar yaratish sohalarida ko‘p yillik tajribaga ega.

Laboratoriyada fotosintez qiluvchi tizimlarning absorbsion va fluoressent xususiyatlari keng qamrovda o‘rganilgan. Jumladan, o‘simlik barglaridan ajratib olingan fotosintetik membranalar, fotosintez qiluvchi bakteriyalar, reaksiya markazlari hamda fotosintezning yorug‘lik yig‘uvchi antennalarining supramolekulyar komplekslari tadqiq qilingan. Fotoakustik effekt asosida o‘simliklarning fotosintetik faolligini aniqlash uchun spektrometr, shuningdek, uch rangli RGB LED yordamida lazer nurlanishining tirik tizimlarga kirib borish chuqurligi va yutilish darajasini aniqlovchi qurilma ishlab chiqilgan. Bundan tashqari, laboratoriyada lazer nurlanishining tibbiyotda qo‘llanilishi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda.

Laboratoriya xodimlari lazer fizikasi, nochiziqli optika va lazer nurlanishining modda bilan o‘zaro ta’siri yo‘nalishlarida ham faol ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar. Optik tolalar va interferometrik tolali qurilmalarda yuz beruvchi fizik jarayonlar, jumladan, bir va ikki tolali halqalar, ikki parallel tolali yo‘naltirilgan tarmoqlagichlar, ikki yadroli bir modali optik tolalar, superkontinuum generatsiyasi, yorug‘likning nochiziqli kommutatsiyasi, optik cheklash hamda Kerr modulyatsiyasi jarayonlari o‘rganilgan.

Laboratoriya xodimlari Xitoy Fanlar akademiyasining Sindao shahridagi Bioenergetika va bioprotsesslar instituti olimlari bilan hamkorlikda “Moslashuvchan organik fotoelektrik tizimlar – qayta tiklanuvchi energiyaning yangi qulay manbai” mavzusidagi xalqaro qo‘shma fundamental loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirganlar. Loyiha doirasida Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti hamda Mirzo Ulug‘bek nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining bakalavriat va magistratura talabalari ishtirok etib, bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyalarini bajarganlar.

Laboratoriya zamonaviy ilmiy standartlarga mos eksperimental baza bilan jihozlangan bo‘lib, yuqori darajadagi fundamental va amaliy tadqiqotlarni amalga oshirish imkoniyatiga ega.

Missiya va strategik maqsadlar

«Kondensirlangan muhitlar optikasi» laboratoriyasi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi U.A. Arifov nomidagi Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti tarkibida faoliyat yuritadi. Laboratoriya yigirma yildan ortiq vaqt davomida lazer fizikasi, spektroskopiya hamda lazer nurlanishining biomolekulalar va kondensirlangan muhitlar bilan o‘zaro ta‘siri sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlar olib bormoqda.

Laboratoriyaning asosiy missiyasi —yangi avlod organik va perovskit quyosh elementlarini ishlab chiqish, tabiiy va sun’iy fotosintez jarayonlarining fundamental fizik mexanizmlarini ochib berish, hamda lazer texnologiyalarini tibbiyot va qishloq xo‘jaligida qo‘llashga oid tadqiqotlar olib borishdir.

Bizning strategik maqsadlarimiz quyidagilardan iborat:

  • O‘zbekistonda muqobil va qayta tiklanuvchi energiya sohasida ilmiy salohiyatni rivojlantirish va xalqaro miqyosda raqobatdoshlikni ta‘minlash;
  • Egiluvchan, yengil va arzon organik fotovoltaika texnologiyalarini ishlab chiqish hamda ularni mahalliy iqlim sharoitlarida (yuqori namlik, kunduzgi-tungi katta harorat farqi) sinovdan o‘tkazish;
  • Yuqori barqarorlikka ega perovskit quyosh elementlari uchun yangi materiallar va inkapsulyatsiya usullarini yaratish;
  • Aqlli qishloq xo‘jaligi” va egiluvchan elektronika uchun cho‘ziluvchan (stretchable) va yarim shaffof organik fotoelementlar yaratish;
  • Fotosintezning kvant samaradorligi va stress sharoitlariga moslashuvini o‘rganish orqali qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligini oshirishga ilmiy asos yaratish;
  • Fotodinamik terapiya (PDT) va antimikrobial fototerapiya uchun lazer va yorug‘lik manbalarini yaratish;
  • Xalqaro yetakchi ilmiy markazlar bilan hamkorlikni mustahkamlash hamda yosh olimlarni xorijiy stajirovkalar va qo‘shma loyihalar orqali tayyorlash.

Metodologiya

Laboratoriya tadqiqotlari asosan quyidagi ilmiy tajribaviy yondoshuv va uslublarga asoslangan:

  • Optik spektroskopiya — UV-Vis-NIR diapazonida yutilish va fotolyuminessensiya;
  • In-situ UV-Vis absorbsion spektroskopiya — spin-coating jarayonida har 0.01 s intervalda spektrlarni qayd qilish, faol qatlamning shakllanish dinamikasini real vaqtda kuzatish (eritma evaporatsiyasi → agregatsiya/nukleatsiya → kristall o‘sish);
  • Vaqt-vaqtga ajratilgan flyuoressentsiya spektroskopiyasi — nano-, piko- va femtosekund vaqt o‘lchovlarida;
  • Past chastotali fotoakustik spektroskopiya — gaz-mikrofonli ro‘yxatga oluvchi tizim asosida fototermik va fotobarik komponentlarni ajratish;
  • Spin-coating usuli bilan yupqa plyonkalar tayyorlash va maxsus Argonli muhit (Glove Box)da fotoelement strukturalarini yig‘ish;
  • Goniometrik o‘lchovlar — Contact Angle Goniometer L2004A1 (Osilla, Buyuk Britaniya) yordamida sirt energiyasini va kontakt burchaklarini o‘lchash;
  • Flory-Huggins parametri (χ) hisob-kitobi — donor/akseptor materiallarining moslashuvchanligini va aralashuvchanligini baholash uchun Wu modeli asosida;
  • GIWAXS (Grazing Incidence Wide-Angle X-ray Scattering) — yupqa plyonkalarning kristallik darajasi, π-π bog‘lanish masofasi va molekulyar tartiblanishini aniqlash uchun (xorijiy hamkor markazlar bilan);
  • SCLC (Space-Charge-Limited Current) — zaryad tashuvchilarning harakatchanligini aniqlash;
  • AFM, SEM va FTIR — morfologik va strukturaviy tahlil, namlik ta‘sirida degradatsiya jarayonlarini o‘rganish;
  • Fotovoltaik xarakteristikalash — J-V, EQE, barqarorlik va degradatsiya o‘lchovlari;
  • Lazer-tolali interferometriya — Sanyak interferometri, ikki yadroli tolalar yordamida nochiziqli optik hodisalar;
  • Dala tadqiqotlari — qishloq xo‘jaligi ekinlarining fotosintezini in situ o‘lchashda MINI PAM flyuorimetri qo‘llaniladi.

Xodimlar tarkibi (2025-yil)

Laboratoriya jamoasi 15 ta xodimni o‘z ichiga oladi, o‘rtacha yoshi — 34 yosh bo’lib,  shundan 4 nafari fan doktori (DSc) va 1 nafari PhD. Bundan tashqari, jamoada o‘qiyotgan doktorantlar, stajor-tadqiqotchilar va magistratura talabalari (O‘zMU, TDPU, TDTU, QarDU dan) ham faol qatnashadi. 2024–2025 yillarda mavzu bo‘yicha 5 dan ortiq magistr dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qildi.

2. Ilmiy yo‘nalishlar

Laboratoriya bir-biri bilan uzviy bog‘langan to‘rtta asosiy ilmiy yo‘nalishda faoliyat olib boradi:

1) Organik va perovskit quyosh elementlari optikasi. (Stretchable, Semi-transparent & Wearable OPV) Tarmoqlangan va kichik molekulali donor polimerlar hamda fullerensiz akseptorlar asosida hajmiy va planar geterostrukturali fotoelementlarni yaratish va o‘rganish.

2) Fotosintez jarayonining fluoressent va fotoakustik spektroskopiyasi. O‘simlik barglari va fotosintezlovchi bakteriyalarda xlorofill va bakteriyaxlorofill flyuoressensiyasining spektral-kinetik xarakteristikalari. Fotosintezning birlamchi fotomajbur jarayonlarida yorug‘lik energiyasi yutilishining fizik mexanizmlari.

3) Lazer nurlanishining qisqa impulslarini nochiziqli optik tolalarda tarqalishi. Bir va ikki yadroli tolalar, Sanyak interferometri, parallel tolali yo‘naltirilgan ulanishlarda superkontinuum generatsiyasi, nochiziqli optik kalitlash, optik cheklash, Kerr modulyatsiyasi.

4) Tibbiyot va qishloq xo‘jaligida lazer texnologiyalari. Fotodinamik terapiya (PDT) uchun fotosensibilizatorlarning (metilen ko‘ki va boshqalar) absorbsion-flyuoressent xossalarini tadqiq qilish. Antimikrobial fotodinamik ta‘sirni stimulyatsiyalovchi yangi dasturlar. Dermatologik kasalliklarni davolash uchun yarim o‘tkazgichli UF lazerlar ishlab chiqish

3. Infratuzilma va resurslar (Facilities)

Eksperimental jihozlar

Laboratoriya zamonaviy tajribaviy bazaga ega bo‘lib,quyidagi asosiy uskunalar mavjud:

  • Maxsus Argonli muhit (Glove Box) — organik va perovskit fotoelementlarni inert atmosferada yig‘ish uchun;
  • Spin-coating qurilmasi (600–8000 ayl/min) — turli substratlarga (ITO, kvarts shisha) yupqa naporozmerli plyonkalarni yotqizish uchun;
  • In-situ UV-Vis absorbsion spektrometri — 300–1100 nm diapazonda, 0.01 s vaqt aniqligi bilan, spin-coating jarayonida faol qatlamning shakllanishini real vaqtda kuzatish uchun;
  • Contact Angle Goniometer L2004A1 (Osilla, Buyuk Britaniya) — yupqa plyonkalarda sirt energiyasi va kontakt burchagini o‘lchash uchun; Advance Drop Shape Analysis dasturiy ta‘minoti bilan;
  • MINI PAM impuls amplitudali modulyatsiya flyuorimetri (Walz, Germaniya) — dala sharoitida fotosintez parametrlarini o‘lchash uchun;
  • BCI-280 boksKar integrator (ZWG, Berlin, Germaniya) — pikosekund vaqt aniqligi bilan impuls profilini kuzatish uchun;
  • RF6000 – Shimadzu Spektrofluorimetr
  • HR 2000+ Ocean optics Spektrofotometr
  • Lazer flyuoressent spektroskopiya kompleksi — uzluksiz, impuls-davriy, nano-, piko- va femtosekund lazer manbalari bilan;
  • Kechiktirilgan flyuoressensiyani ultrayuqori sezgirlikda o‘rganish uchun originall qurilma;
  • AEF-2 fotosintez samaradorligi analizatori — laboratoriyaning o‘zida ishlab chiqilgan;
  • Past chastotali fotoakustik qurilma — gaz-mikrofonli ro‘yxatga olish bilan;
  • UF lazer va fotodinamik terapiya uchun yarim o‘tkazgichli lazer;
  • Optik tolali komponentlar — Sanyak interferometrlari, ikki yadroli tolalar;
  • FTIR spektrometr — namlik ta‘sirida degradatsiya jarayonlarini o‘rganish uchun.

4. Loyihalar va nashrlar (Projects & Publications)

Laboratoriyada amalga oshirilayotgan loyihalar

Loyiha raqami

Mavzu

Davri

Turi

AL-8724053065

High-performance Semitransparent Organic Photovoltaic Cells for Low-carbon Smart Agriculture

2025–2027

O‘zbekiston–Xitoy qo‘shma xalqaro loyiha

FL-8824063376

Enhancing the antimicrobial effect of visible spectrum radiation by stimulating endogenous and exogenous photosensitizers

2025–2027

O‘zbekiston–Belarus qo‘shma xalqaro loyiha

AL-8724053061

Research on non-destructive encapsulation materials for high-stable perovskite solar cells suitable for large temperature differences between day and night in the Central and East Asia

2025–2027

O‘zbekiston–Xitoy qo‘shma xalqaro loyiha

FL-9024093524

Light absorption, charge transport and degradation processes in organic solar cells

2026–2029

Maqsadli fundamental tadqiqotlar

Xorijiy ekspert loyihalari (2025)

  • National Foreign Expert Individual Human Project — S20240008: prof. E.A. Zaxidov;
  • National Foreign Expert Individual Human Project — H20240043: f.-m.f.d. I.I. Tadjibayev va kichik ilmiy xodim I.R. Boynazarov.

Shu paytgacha amalga oshirilgan loyihalar

  • MUK-2021-47 (2021–2023) — «Flexible Organic Photovoltaics: an Emerging Portable Renewable Energy Source», O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma loyihasi.
  • OT-F2-05 (2017–2020) — Sun‘iy fotosintez tizimlarida yorug‘lik energiyasi va zaryadlarning ko‘chish jarayonlari.
  • FA-Atex-2018-47 (2018–2020) — Dermatologiyada qo‘llash uchun yangi avlod fototerapevtik qurilmalarni ishlab chiqish.
  • FA-A4-F047 (2015–2017) — Qishloq xo‘jalik ekinlarida fotosintez monitoringi.
  • O‘tgan 20 yil ichida CRDF (AQSH), STCU (Ukraina), SNSF (Shveysariya), INTAS kabi 8 ta nufuzli xorijiy fondning loyihalari muvaffaqiyatli amalga oshirilgan.

Himoya qilingan dissertatsiyalar

  • 2024-2026 — laboratoriyaning 3 ta ilmiy xodimi DSc doktorlik, 2 nafar doktorant PhD dissertatsiyasini himoya qildi;
  • 2024 — V.O. Quvondiqov, DSc: «Kichik molеkulali donor -akseptorlar asosidagi organik quyosh elеmеntlarining optik strukturaviy va fotovoltaik xususiyatlari» (rahbar: prof. Sh.K. Nematov);
  • 2024 — L.R. Nurumbetova, PhD: «Seziy asosidagi perovskitlarning optik, strukturaviy va fotovoltaik xususiyatlari» (rahbar: prof. E.A. Zaxidov);
  • 2025 — I.I. Tajibaev, PhD: « Perovskit quyosh elementlari faol qatlam strukturaviy defektlarining ularning optik va fotovoltaik xususiyatlariga ta’siri» (rahbar: prof. E.A. Zaxidov);
  • 2025 — A.A. Saparbayev, DSc: «Fullerensiz polimer akseptorlar asosidagi quyosh elementrlarning optik spektroskopiyasi» (rahbar: prof. E.A. Zaxidov).
  • 2026 — I.R. Boynazarov, PhD: «2024 — L.R. Nurumbetova, PhD: «Seziy asosidagi perovskitlarning optik, strukturaviy va fotovoltaik xususiyatlari» (rahbar: V.O. Quvondiqov);

So‘nggi yillar ichida laboratoriya bazasida 20 dan ortiq magistrlik dissertatsiyalari himoya qilindi.

 

5. Hamkorliklar (Collaborations)

Xorijiy universitetlar va ilmiy markazlar

  • University of Texas at Austin (AQSH) — prof. Iskandar Xolmanov;
  • Northwestern Polytechnical University, Sian (Xitoy) — perovskit fotoelementlar defektlarini passivatsiya; 2023-yildan rasmiy hamkorlik shartnomasi;
  • School of Materials Science and Engineering, Tianjin University (Xitoy) — prof. Long Ye, organik quyosh elementlari va cho‘ziluvchan fotovoltaika;
  • School of Flexible Electronics, Nanjing Tech University (Xitoy) — prof. Yonghua Chen, prof. Sunsun Li;
  • Qingdao Institute of Bioenergy and Bioprocess Technology, CAS (Xitoy) — prof. Shuguang Wen;
  • Ocean University of China (Xitoy) — 2025-yildan stajirovkalar bo‘yicha;
  • Nanjing Forestry University (Xitoy) — 2025-yildan stajirovkalar bo‘yicha;
  • Fuzhou University (Xitoy) — 2025-yildan stajirovkalar va konferensiyalar bo‘yicha;
  • Jianghan University (Xitoy) — 2025-yildan stajirovkalar bo‘yicha;
  • Xinjiang University (Xitoy) — 2025-yildan stajirovkalar va konferensiyalar bo‘yicha;
  • Institute of Physics of Azerbaijan National Academy of Sciences (Ozarbayjon) — magnetron usulida ITO, TiO₂ nanostrukturali yupqa plyonkalar;
  • University of Chicago (AQSH) — prof. J. Norris;
  • Bar-Ilan University (Isroil);
  • ETH Zürich / Politexnika universiteti (Shveysariya);
  • Università degli Studi di Milano (Italiya);
  • Dongguk University, Seul (Janubiy Koreya);
  • NPO «Polyus», RAN Umumiy fizika instituti (Rossiya);
  • Belorussia MFA Fizika instituti (Belorussia).

Mahalliy OTMlar bilan integratsiya

  • Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti (O‘zMU/NUUz);
  • Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti (TDTU/TSTU);
  • Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti (TDPU/TSPU);
  • Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universiteti (SamDU);
  • Qarshi davlat universiteti (QarDU).

2025-yildagi stajirovkalari va xalqaro faoliyat

2025-yil davomida laboratoriya tarkibidan 11 nafar ilmiy xodim xorijiy universitetlarda stajirovka va qo‘shma tadqiqotlardan o‘tdi.

Stajirovka markazlari (2025): - Northwestern Polytechnical University (Xitoy) - Nanjing Tech University (Xitoy) - Ocean University (Xitoy) - Nanjing Forestry University (Xitoy) - Fuzhou University (Xitoy) - Jianghan University (Xitoy) - Xinjiang University (Xitoy) - Qingdao Institute of Bioenergy and Bioprocess Technology, CAS (Xitoy)

2025-yilda ishtirok etilgan asosiy xalqaro tadbirlar

  • China-Central Asia 2025 Conference on Industry-University-Research-Application Cooperation — Xinjiang University, Xitoy, 12–13 may 2025. Ma’ruzachi: V.O. Kuvondikov.
  • International Symposium on Flexible Electronic Materials and Devices — Wuhan, Xitoy, 29 iyun 2025. Ma’ruzachi: A.A. Saparbayev.
  • 2025 Marine Silk Road International Conference on the Cooperation and Integration of Industry, Education, Research and Application — Fuzhou, Xitoy, 6–9 noyabr 2025. Ma’ruzachi: I.I. Tadjibayev.

 

6. Tadbirlar va vebinarlar (Events & Webinars / Workshops)

Kelgusi tadbirlar (Upcoming Events)

Laboratoriya muntazam ravishda quyidagi tadbirlarni rejalashtiradi:

  • Doimiy ilmiy seminarlar — har oyda xorijiy hamkorlar (Tianjin, Nanjing Tech, UT Austin) bilan online formatda;
  • Yosh tadqiqotchilar uchun maktab — perovskit va organik fotovoltaika asoslari (har hafta chorshanba kuni);
  • Yillik xalqaro vebinar — fotovoltaika va spektroskopiyaning so‘nggi yutuqlari;
  • Open Lab Day — bakalavriat va magistratura talabalari uchun.

 

ОСНОВНЫЕ ПУБЛИКАЦИИ

лаборатории оптики конденсированных сред

  1. Junyi Huang, Shenghua He, Wenzhi Zhang, Aziz Saparbaev, Yi Wang, Yueyue Gao, Luwen Shang, Guohua Dong, Lobar Nurumbetova, Gentian Yue, and Yongguang Tu. Efficient and Stable All-Inorganic CsPbIBr2 Perovskite Solar Cells Enabled by Dynamic Vacuum-Assisted Low-Temperature Engineering // Solar RRL (2022). Impact Factor of 8.582
  2. Xingyu Pu, Jiabao Yang, Tong Wang, Shuaici Cheng, Qi Cao, Junsong Zhao, Hui Chen, Yixin Zhang, Tingting Xu, Ilhom Tojiboyev, Hadi Salari, Xuanhua Li, Gadolinium-incorporated CsPbI2Br for boosting efficiency and long-term stability of all-inorganic perovskite solar cells, Journal of Energy Chemistry, 2022, (Impact Factor of 9.676)
  3. Xin Liang, Shuai Zhang, Yuanwei Wu,  Jiuxing Wang, Chunpeng Yang, Aziz Saparbaev, Shuguang Wen, XichangBao. Layer-by-layer solution-process enables higher crystallinity and desirable phase separation in non-fullerene organic solar cells // Organic Electronics, V. 107, August 2022, 106560. IF= 3.72 https://doi.org/10.1016/j.orgel.2022.106560
  4. Xingyu Pu, JiabaoYang, Tong Wang, Shuaici Cheng, Qi Cao, Junsong Zhao, Hui Chen, Yixin Zhang, Tingting Xu, Ilhom Tojiboyev, Hadi Salari, Xuanhua Li. Gadolinium-incorporated CsPbI2Br for boosting efficiency and long-term stability of all-inorganic perovskite solar cells // Journal of Energy Chemistry.  Volume 70, July 2022, Pages 9-17. https://doi.org/10.1016/j.jechem.2022.02.004   (Impact Factor 9.676)
  5. Jiabao Yang, Xingyu Pu,Tong Wang, Shuaici Cheng, Hui Chen, Qi Cao, Yixin Zhang, Ilhom Tojiboyev, Lioz Etgar, Hadi Salari, Fei Ye, Xuanhua Li.  Multifunctional Additive (L-4-Fluorophenylalanine) for Efficient and Stable Inverted Perovskite Solar Cells  // Solar RRL 16 March 2022  https://doi.org/10.1002/solr.202101101  (Impact Factor of 8.582)
  6. Peng Guo, Shoufu Cao, Yijin Wang, Xiaoqing Lu, Youzi Zhang, Xu Xin, Xiao Chi, Xiaojiang Yu, Ilhom Tojiboyev, Hadi Salari, Ana Jorg, Sobrido, Magdalena Titirici, Xuanhua Li. Surface self-reconstruction of telluride induced by in-situ cathodic electrochemical activation for enhanced water oxidation performance // Applied Catalysis B: Environmental.  Volume 310, 5 August 2022, 121355 https://doi.org/10.1016/j.apcatb.2022.121355  (Impact Factor 19.503)
  7. Jiabao Yang,  Qi Cao,  Tong Wang,  Bowen Yang,  Xingyu Pu,  Yixin Zhang, Hui Chen, Ilhom Tojiboyev,  Yuke Li,  Lioz Etgar,  Xuanhua Li and  Anders Hagfeldt. Inhibiting metal-inward diffusion-induced degradation through strong chemical coordination toward stable and efficient inverted perovskite solar cells // Energy & Environmental Science., Issue 5, 15, 2022. 2154-2163 (Impact factor: 38.532)
  8. Qi Cao, Tong Wang, Jiabao Yang, Yixin Zhang, Yuke Li, Xingyu Pu, Junsong Zhao, Hui Chen, Xiaoqiang Li, Ilhom Tojiboyev, Jiangzhao Chen, Lioz Etgar, Hadi Salari, Xuanhua Li. Environmental-Friendly Polymer for Efficient and Stable Inverted Perovskite Solar Cells with Mitigating Lead Leakage // Advanced Functional Materials 14 April Volume 32, 2022, https://doi.org/10.1002/adfm.202201036 (Impact Factor 18.808)
  9. Xu Xin, Jiabao Yang, Xingyu Pu, Yuke Li, Tong Wang, Hui Chen, Qi Cao, Yixin Zhang, Ilhom Tojiboyev, Hadi Salari, Fei Ye, and Xuanhua Li. Multifunctional Molecule-Modified SnO2–Perovskite Interface for Efficient Planar Perovskite Solar Cells // Adv. Mater. Interfaces 2022, 2200102. DOI: 10.1002/admi.202200102  (Impact Factor 6.147)
  10. Xunchang Wang, Cong Xiao, Xiaokang Sun, Aziz Saparbaev, Shiyun Lei, Mingrui Zhang, Tian Zhong, Zhiya Li, Jiayi Zhang, Manxue Zhang, Yun Yu, Biao Xiao, Chunming Yang and Renqiang Yang. Hammer throw-liked hybrid cyclic and alkyl chains: a new side chain engineering for over 18% efficiency organic solar cells // Nano Energy 2022/Volume 101, 2022, 107538  (Impact Factor: 17.881)
  11. Li Z, Wang X, Zheng N, Saparbaev A, Zhang J, Xiao C, Lei S, Zheng X, Zhang M, Li Y, Xiao B. Over 17% efficiency all-small-molecule organic solar cells based on an organic molecular donor employing a 2D side chain symmetry breaking strategy. Energy & Environmental Science. 2022. https://doi.org/10.1039/D2EE02107B
  12. Nosirova Zarifaxon G’ulamjonovna, Toshpo’latov Chori Xoliqovich, Ro’ziyev Farid Murtoza o’g’li. Development of mulberry pyralid Walker (Glyphodespyloalis, Crambidae: Lepidoptera) and its natural enemies classification //  Received 05 March 2021; Accepted 01 April 2021.  Annals of the Romanian Society for Cell Biology. Vol. 25, Issue 4, 2021, Pages. 13567 – 13579 (IF=0,1)
  13. Ibrahim O.R., Shuguang W., Yonghai Li., Da Huang., Xiaoyan Shi., Saparbayev A.A., Chuantao Gu., Chunming Yang., Xichang Bao. Benzobis (Thiazole) – Based Conjugated Polymer with Varying Alkyltio Side – chain Position for Efficient Fullerene – Free Organic Solar Cells // ACS Applied Materials & Interfaces 2021 13 (30), 36071-36079 (IF=8.33)
  14. Aziz Saparbaev, Meili Zhang, Vakhobjon Kuvondikov, Lobar Nurumbetova, Ibrahim Oladayo Raji, Ilkhom Tajibaev, Erkin Zakhidov, Xichang Bao, Renqiang Yang. High-performance CsPbI3 perovskite solar cells without additives in air condition // Solar Energy 228 (2021) 405–412 (IF=5.74)
  15. Захидов Э.А., Нематов Ш.К., Кувондиков В.О., Тажибаев И.И., Имомов М.Х. Гафуров С.Х. “Программное обеспечение для контроля режима работы ультрафиолетового полупроводникового лазерного устройства для лечения кожных заболеваний” DGU 08402 от 23.06.2020.
  16. Камолова Ю.М., Нематов Ш.Қ. Программное обеспечение “Домашний логопед” для улучшения слуха и речи у детей. DGU 07709 от 23.12.2019.
  17. Нематов Ш.Қ., Иргазиева Д.Д., Камолова Ю.М. Программное обеспечение для фототерапевтического устройства предназначенного для лечения дерматологических заболеваний. DGU 08147 от 09.03.2020.
  18. Камолов Н.М., Камолова Ю.М., Нематов Ш.Қ. Программное обеспечение для робота “Nodbot” предназначенного для развития речи у детей дошкольного возраста. DGU 08308 от 23.04.2020.
  19. Э.А.Захидов М.А.Захидова, М.Х.Имомов, В.О.Кувондиков, Ш.К.Нематов, А.А.Сапарбаев, И.И.Тажибаев. Изучение процесса деградации органических солнечных фотоэлементов на основе P3HT:PCBM и P3HT:ITIC по их оптическим характеристикам // Журнал прикладной спектроскопии. 2020, том 87, № 3, с. 426–433. (Impact Factor Search: IF = 1,14)
  20. Zakhidov, E. A.; Zakhidova, M. A.; Imomov, M. Kh.; Kuvondikov, V. O.; Nematov, Sh. K.; Saparbaev, A. A.; Tazhibaev, I. I. Correlation of Degradation of P3HT:PCBM And P3HT:ITIC Organic Solar Cells with Changes of their Optical Spectra //  Journal of Applied Spectroscopy, Volume 87, Issue 3, p.464-470. DOI: 10.1007/s10812-020-01024-
  21. E.A. Zakhidov, A. M. Kokhkharov, V. O. Kuvondikov, Sh. K. Nematov, and I. I. Tazhibaev.  A Low-Frequency Photoacoustic Spectrometer with an RGB Light-Emitting Diode for Evaluating Photosynthetic Activity in Plant Leaves // Acoustical Physics, 2019, Vol. 65, No. 1, pp. 90–95.
  22. Aziz Saparbaev, Chenglin Gaoa, Dangqiang Zhu, Zhilin Liua, Xiaofei Qu, Xichang Bao, Renqiang Yang. Efficient inverted all inorganic CsPbI3 planar solar cells via twice-coating in air condition // Journal of Power Sources 426 (2019) 61–66.
  23. Kamolova Yu.M., Nematov Sh.Q., Muzafarova L.Kh., Obidova U.A. Computer software "home speech therapist " for analysis of speech in correction of audio and verbal disorders in preschool children // POLISH JOURNAL OF SCIENCE №15 (2019) VOL. 1 pp. 39–46.
  24. Vardan Galstyan, Andrea Ponzoni, Iskandar Kholmanov, Marta M. Natile, Elisabetta Comini, Sherzod Nematov, Giorgio Sberveglieri. Investigation of reduced graphene oxide and Nb-doped TiO2 nanotube hybrid structure to improve gas sensing response and selectivity // ACS Sensors, 2019, 4 (8), pp. 2094-2100. (IF=6.944).
  25. Erkin Zakhidov, Mukhib Imomov, Vakhob Quvondikov, Sherzod Nematov, Ilkhom Tajibaev, Aziz Saparbaev, Irfan Ismail, Bilal Shahid, Renqiang Yang. Comparative study of absorption and photoluminescent properties of organic solar cells based on P3HT:PCBM and P3HT:ITIC blends // Applied Physics A. (2019) Vol. 125, №11. pp. 125:03.
  26. E. A. Zakhidov, M. A. Zakhidova, A. M. Kokhkharov, S. Q. Nematov, R. A. Nusretov, and V. O. Kuvondikov. Control of charge transfer in c60–zno composite under the influence of uv laser radiation by the methods of raman spectroscopy and photoluminescence // Journal of Applied Spectroscopy, Vol. 85, No. 1, March, 2018. pp. 73-78. DOI 10.1007/s10812-018-0614-8.
  27. Chenglin Gao, Hongzhou Dong, Xichang Bao, Yongchao Zhang, Aziz Saparbaev, Liyan Yu, Shuguang Wen, Renqiang Yang and Lifeng Dong. Additive engineering to improve the efficiency and stability of inverted planar perovskite solar cells // Journal of Materials Chemistry C. - United Kingdom, 2018, Vol. 6, 8234 — 8241. (Impact Factor Search: IF = 5,976)
  28. Yueyue Gao, Aziz Saparbaev, Yong Zhang, Renqiang Yang, Fengyun Guo, Yulin Yang, Liancheng Zhao. Efficient polymer solar cells based on poly(thieno[2,3-f]benzofuran – co – thienopyrroledione) with a high open circuit voltage exceeding 1 V // Dyes and Pigments 146 (2017) 543-550. http://dx.doi.org/10.1016/j.dyepig.2017.07.057
  29. Ubaydullaeva Khurshida Abdullaevna, Kamburova Venera Seytumerovna, Nematov Sherzod, Adylova Azadahan Teshabaevna, Buriev Zabardast Tojibaevich. Study of carbon and nit te exchange in co'on genotypes obtained by “PHYA1-RNAi” technology // European Sciences review Scientific journal/ Vienna, Austria. 2018, - № 5–6  pp. 28-31.
  30. E.A. Zakhidov, Sh.K. Nematov, I.I. Tajibaev. Spectral filtration of light continuum and formation of modulated radiation in twin-core optical fiber. Nonlinear Phenomena in Bose Condensates and Optical Systems. 2018. August 14-17, Tashkent. – 28-29 p.
  31. Vardan Galstyan, Andrea Ponzoni, Iskandar Kholmanov, Marta M. Natile, Elisabetta Comini, Sherzod Nematov, and Giorgio Sberveglieri. Reduced Graphene Oxide−TiO2 Nanotube Composite:Comprehensive Study for Gas-Sensing Applications // ACS Applied. Nano Materials. - American Chemical Societ 2018, - Vol. 1, pp/ 7098−7105.
  32. Э.А. Захидов, А. М. Коххаров, В. О. Кувондиков, Ш. К. Нематов, И. И. Тажибаев. Низкочастотный фотоакустический спектрометр с RGB-светодиодом для определения профиля фотосинтетической активности в листьях растений // Акустический журнал, 2018, том 64, № 6, с. 768–774. (Impact Factor Search: IF = 0,78)
  33. E.A. Zakhidov, M.A. Zakhidova, A.M. Kokhkharov, Sh.K. Nematov, R.A. Nusretov, V.O. Kuvondikov, A.A. Saparbaev, Raman Spectroscopy of the Interface between a Thin Nanostructured ZnO Film and Fullerene C60 // 2017, published in Optika and Spectroscopy, 2017, Vol. 122, No. 4, pp. 627–634.
  34. Sherzod Nematov, Anna Paola Casazza, William Remelli, Vakhobjon Khuvondikov, Stefano Santabarbara. Spectral dependence of irreversible light-induced fluorescence quenching: Chlorophyll forms with maximal emission at 700–702 and 705–710 nm as spectroscopic markers of conformational changes in the core complex // BBA-Bioenergetics. Volume 1858, Issue 7, July 2017, Pages 529–543.
  35. E. A. Zakhidov, M. A. Zakhidova , A. M. Kokhkharov , Sh. K. Nematov, R. A. Nusretov, and V. O. Kuvondikov. Effect of laser annealing of a C60–ZnO heterogeneous system on its structural and photoluminescent characteristics. Applied Solar Energy. October 2017, Volume 53, Issue 4, pp 291–296
  36. Erkin Zakhidov, Sherzod Nematov and Vakhobjon Kuvondikov (2016). Monitoring of the Drought Tolerance of Various Cotton Genotypes Using Chlorophyll Fluorescence, Applied Photosynthesis - New Progress, Dr. Mohammad Najafpour (Ed.), ISBN: 978-953-51-4642-1, InTech open publishing House. pp. 91-110.